in

Namanganda bog‘chada qizcha ko‘ziga qalam sanchilib, og‘ir jarohat oldi

Namangan viloyatidagi bog‘chalardan birida ko‘ngilni xira qiladigan hodisa ro‘y berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda uch yoshli qizchaning ko‘ziga qalam sanchilib ketgani aks etgan video tarqaldi. “Milliy” telekanali xabariga ko‘ra, voqea Chortoq tumanidagi 20-sonli bog‘chada sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bolajon yugurib ketayotgan paytda muvozanatini yo‘qotib yiqilgan va qo‘lidagi qalam ko‘ziga kirib ketgan. Hodisadan so‘ng tarbiyachilar darhol qizchani shifoxonaga olib borgan.

Shifokor Bobur Xo‘jaev telekanalga bergan intervyusida bemor shifoxonaga og‘ir holatda qabul qilinganini ma’lum qildi.

“Bemorning o‘ng ko‘ziga qalam kirgan. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatildi, hozirda reanimatsiya va intensiv muolajalar olib borilmoqda. Umumiy holati barqaror og‘ir darajada, qizaloq hushida”, deya ta’kidlagan shifokor.

Ayni paytda qizchaning ko‘rish qobiliyati saqlab qolingani aytilmoqda. Tibbiyot xodimlari uning tez orada to‘liqroq sog‘ayib ketishiga umid bildirmoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Jamiyat

» Namanganda bog‘chada qizcha ko‘ziga qalam sanchilib, og‘ir jarohat oldi

So’nggi yangiliklar

Ravanelli Skudetto poygasida Interga asosiy da'vogar dedi

Bugun, 11:57

Vilyarreal Espanolni yirik hisobda yengib, mag'lubiyatlar seriyasini uzaytirdi

Bugun, 11:52

Jek Grilish jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi va ogohlantirdi