in

"Arzimaysan" — Munisa Rizayevadan keskin xit premyera!

Mashhur xonanda 

Munisa Rizayeva

5-fevral kuni yangi taronasi —

“Arzimaysan”

premyerasini taqdim etdi. Uzoq vaqt davomida bunday mavzulardan chetda bo‘lib kelgan san’atkor bu gal yurak og‘rig‘i, qadrsizlik va befarqlik haqida kuylashga qaror qildi. Yangi qo‘shiq ilk daqiqalardanoq ko‘plab muxlislar qalbiga yetib bordi.

Munisa o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida tarona haqida fikr bildirarkan, atrofimizdagi ayrim odamlar, ularning munosabati va mehrimizni qadrlamasligi haqida to‘xtaldi: “Ko‘p hollarda keraksiz insonlar va narsalarga haddan tashqari e’tibor qaratamiz. Ammo chuqurroq o‘ylab qarasak, ular hatto bir daqiqalik vaqtimizga ham

arzimaydi

,” — deydi u. “Arzimaysan” taronasi aynan shunday qadrsiz mehr va e’tiborga javob sifatida yaratilgan.

Qo‘shiq xonandaning shaxsiy ichki kechinmalaridan ilhomlangan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda u haqida “Bu shunchaki qo‘shiq emas, yurakdan chiqqan dard” degan fikrlar bildirildi. Premyera YouTube va barcha musiqa platformalarida joylashtirildi va qisqa vaqt ichida katta qiziqish uyg‘otdi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Madaniyat

» “Arzimaysan” — Munisa Rizayevadan keskin xit premyera!

So’nggi yangiliklar

Xitoyda simsiz quvvatlanadigan yo‘llar qurilishi boshlandi

Bugun, 11:51

Arbeloa Valverdening yarim himoyaga qaytishini izohladi

Bugun, 11:49

The Athletic talqinida tarixning eng yaxshi futbolchilari e’lon qilindi