“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer-ligasida “Liverpul”ga qarshi o’yinning (2:1) ikkinchi bo’limida jamoa o’yini nega sustlashganiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Uchrashuvning birinchi taymida “shaharliklar” tashabbusni qo’lda ushlab turdi, biroq gol ura olmadi. Tanaffusdan keyin esa “qizillar” ancha faol ko’rinib, 74-daqiqada hisobni ochdi. Shunga qaramay, mehmonlar o’yin yakunida ikki bor raqib darvozasini ishg’ol etib, g’alabani ilib ketdi.
Gvardiolaning aytishicha, bunday holat avval ham ko’p bor kuzatilgan: jamoaga 90 daqiqa davomida bir xil yuqori darajani ushlab turish oson emas. Murabbiy bunga asosiy sabab sifatida futbolchilarning hozircha 100 foiz tayyor emasligini tilga oldi va jarohatlanganlar qaytishi bilan yaqin oy ichida vaziyat ijobiy tomonga o’zgarishi mumkinligini ta’kidladi.
“Manchester Siti” navbatdagi uchrashuvini chorshanba kuni o’z maydonida “Fulhem”ga qarshi o’tkazadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Gvardiola Liverpulga qarshi ikkinchi taym pasayishini izohladi
So’nggi yangiliklar
Eduard Mor Yuvyentusning asosiy muammosini aytib berdi
Bugun, 12:02
Xitoyda simsiz quvvatlanadigan yo‘llar qurilishi boshlandi
Bugun, 11:51
Arbeloa Valverdening yarim himoyaga qaytishini izohladi
