Belaruslik sobiq futbolchi Aleksandr Gleb «Arsenal»ning joriy Chempionlar ligasi mavsumidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Glebning aytishicha, londonliklar musobaqaning umumiy bosqichida juda kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Biroq hozircha turnir g‘olibligini aniq bitta favoritga bog‘lash qiyinligini ta’kidladi.
«Hammasi 1/8 final ishtirokchilari to‘liq ma’lum bo‘lgach, yanada ravshanlashadi. Lekin, albatta, sobiq klubim Chempionlar ligasini yutsa yoki hech bo‘lmasa finalgacha borsa, xursand bo‘laman», — dedi Gleb «RB Sport»ga.
Shuningdek, u finalda hujumkor uslubni tanlaydigan, o‘yin ko‘rsatadigan ikki jamoani ko‘rishni istashini qo‘shimcha qildi.
«Arsenal» Chempionlar ligasi umumiy bosqichini birinchi o‘rinda yakunladi va sakkiz uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. «Kanonirlar» turnirning yangi formatida bunday natijaga erishgan ilk jamoa bo‘ldi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Gleb Arsenal Chempionlar ligasini yutsa xursand bo’laman dedi
So’nggi yangiliklar
Kroos Ronaldu Saudiya ligasidagi noroziligiga munosabat bildirdi
Bugun, 11:24
Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi
Bugun, 11:23
TQOCh sanksiyalarni bekor qilsa, FIFA va UEFAga ham taʼsir qiladi
