in

Nyu-Yorkda yuz bergan YTHda 11 yoshli o‘zbekistonlik qizaloq halok bo‘ldi

Nyu-York shahrida ro‘y bergan fojiali yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 yoshli o‘zbekistonlik qizaloq — Amira Aminova halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi rasmiy bayonot berdi.

Bosh konsulxona hodisa tafsilotlarini tasdiqlab, marhumaning onasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etdi:

“Marhum qizaloqning onasi, yaqinlari va barcha qarindosh-urug‘lariga ushbu og‘ir va qaytarib bo‘lmas yo‘qotish munosabati bilan chuqur ta’ziya bildiramiz.”

Diplomatik vakolatxona A. Aminovaning onasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Shuningdek, Nyu-York shahridagi tegishli idoralar bilan hamkorlikda huquqiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

Bu og‘riqli hodisa vatandoshlarimiz yuragida chuqur iz qoldirdi. Marhumaning oilasiga sabr-tilab, nurli xotirasi oldida bosh egamiz.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Jamiyat

» Nyu-Yorkda yuz bergan YTHda 11 yoshli o‘zbekistonlik qizaloq halok bo‘ldi

So’nggi yangiliklar

Xitoyda simsiz quvvatlanadigan yo‘llar qurilishi boshlandi

Bugun, 11:51

The Athletic talqinida tarixning eng yaxshi futbolchilari e’lon qilindi

Bugun, 11:47

Pogrebnyak Soboslaijining jarima zarbasini kosmik gol deb atadi