Mashhur xonanda Feruza Jumaniyozova yana bir bor ijodiy izlanishda ekanini namoyon etdi. U “Ali bobo va qirq qaroqchi” nomli loyihada
Marjona
obrazini gavdalantirdi.
Xonandaning ushbu roli ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. U sahnalardan bir qismini o‘zining rasmiy sahifasiga joylashtirdi va bu
muxlislar orasida ijobiy fikrlar, hayrat va olqishlar bilan
kutib olindi.
Videoda Feruzaning obrazga chuqur kirgani, mimika va plastikasidagi o‘zgarishlar, aktyorlik mahorati ko‘pchilik tomonidan e’tirof etildi. Ko‘plab izohlarda muxlislar uning bu yo‘nalishda ham faol bo‘lishini istashlarini bildirganlar.
Bu esa xonandaning nafaqat musiqada, balki
ekranda ham o‘ziga xos qiyofa
yaratishga qodir ijodkor ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
Feruza Jumaniyozova uchun bu kabi aktyorlik tajribalari — san’atning yangi qirralarini ochishga xizmat qilmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Feruza Jumaniyozovadan “Ali bobo va qirq qaroqchi” filmidagi Marjona obrazi
So’nggi yangiliklar
Eldor Shomurodov uchun kurash to‘xtamadi: "Bashakshehir" post bilan chiqdi…
Bugun, 12:09
Spalletti shartnoma uzaytirishga shoshilmaslikka chaqirdi
Bugun, 11:55
Gaslin Zaxaryan jarohati raqiblarga imkoniyat berdi
