“Manchester Yunayted” sardori Brunu Fernandesh jamoaga vaqtincha bosh murabbiylik qilayotgan Maykl Karrikning ishlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Angliyalik mutaxassis qo’l ostida “qizil iblislar” dastlabki to’rtta uchrashuvning barchasida g’alaba qozondi. Shanba kuni mankunianlar o’z maydonida “Tottenhem”ni 2:0 hisobida mag’lub etdi.
Fernandeshning aytishicha, Karrik “Manchester Yunayted”da futbolchi sifatida hammasini yutgan va jamoa ichidagi muhitni juda yaxshi biladi. Portugaliyalik yarim himoyachi Maykl avvalroq ham mashg’ulotlarda ularni boshqargan paytida, unda kelajakda zo’r murabbiy bo’lish salohiyati borligini aytganini, hozir esa Karrik buni amalda isbotlayotganini ta’kidladi.
“MYu” seshanba kuni safarda “Vest Hem”ga qarshi bahsda ketma-ket beshinchi g’alabasini qo’lga kiritishga harakat qiladi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Brunu Fernandesh Karrikning ajoyib natijalarini e’tirof etdi
So’nggi yangiliklar
Gaslin Zaxaryan jarohati raqiblarga imkoniyat berdi
Bugun, 11:51
Olimlar o‘rgimchak ipakning sirli mustahkamligini fosh qilishdi
Bugun, 11:51
Real Liverpul himoyachisi Konatega uzoq muddatli taklif berdi
