in

8 martga bag‘ishlangan “E’zozdasiz ayollar” gala konserti

O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “E’zozdasiz ayollar” nomli gala konsert bo‘lib o‘tadi.

Tantanali konsert dasturida o‘zbek estradasining taniqli san’atkorlari va mashhur ijrochilar sahnaga chiqadi. Xususan, tomoshabinlar Rayhon, Yorqinxo‘ja Umarov, Ziyoda, G‘aybulla Tursunov, Jasmin, Ravshan Komilov, Xojiakbar Ro‘zmetov, Dilnoz, Mustafo, Jenisbek Piyazov hamda Nilufar Usmonovaning chiqishlarini tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, konsert dasturi fonogramma asosida ijro etiladi.

Shuningdek, sotib olingan chiptalar qaytarilmaydi va almashtirilmaydi.

Chipta narxlari 250 ming so‘mdan 400 ming so‘mgacha etib belgilangan.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Madaniyat

» 8 martga bag‘ishlangan “E’zozdasiz ayollar” gala konserti

So’nggi yangiliklar

Olimlar surunkali bel og‘rig‘iga qarshi oddiy yechim topdi

Bugun, 22:53

O‘zbekiston U-16 Xitoyga qarshi ikkinchi o‘yinda yutqazdi

Bugun, 22:45