OpenAI ChatGPT’ning
bepul tarifida
va
ChatGPT Go
rejimida reklama ko‘rsatish bo‘yicha sinovlarni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi. Kompaniya rasmiy bayonotiga ko‘ra, sinovlar avval
AQShda
, yaqin haftalarda boshlanadi.
Eng muhim joyi: OpenAI reklama
chatbot javoblariga ta’sir qilmasligini
aytyapti. Ya’ni “kim ko‘proq pul to‘lasa — o‘sha haq” degan mavzu bo‘lmaydi, reklama javobdan
ajratilgan
va
aniq belgilangan
ko‘rinishda chiqadi. Dastlabki bosqichda reklama odatda javoblarning
pastki qismida
, suhbat mavzusiga mos “sponsorli” taklif bo‘lsa, ko‘rinishi rejalashtirilgan.
Reklama kimlarda bo‘lmaydi? OpenAI bu masalada ham aniq:
Plus, Pro, Business, Enterprise (va Edu)
obunalarida reklama bo‘lmaydi.
Maxfiylik bo‘yicha ham kompaniya “qalin va’da” berdi: foydalanuvchilarning ChatGPT bilan yozishmalari reklama beruvchilarga
sotilmasligi
, reklamani shaxsiylashtirishni esa istalgan payt
o‘chirib qo‘yish
mumkinligi aytilgan. Bundan tashqari, foydalanuvchi reklama nega ko‘rsatilganini ko‘rishi yoki uni bekor qilib sababini yozishi ham mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Texno
» ChatGPT Free va Go rejimida endi reklamalar qo’yiladi
So’nggi yangiliklar
8 martga bag‘ishlangan “E’zozdasiz ayollar” gala konserti
Bugun, 23:04
Olimlar surunkali bel og‘rig‘iga qarshi oddiy yechim topdi
Bugun, 22:53
O‘zbekiston U-16 Xitoyga qarshi ikkinchi o‘yinda yutqazdi
