OpenAI yaqin haftalarda ChatGPT chat-botida reklama bo‘yicha testlar boshlanishini ma’lum qildi. Kompaniyaning rasmiy bayonotiga ko‘ra, reklama
bepul versiya
hamda
ChatGPT Go
tarifida ko‘rsatiladi, ammo
Plus
,
Pro
,
Business
va
Enterprise
obunachilari uchun ChatGPT odatdagidek reklamasiz qoladi.
OpenAI bu qadamni juda oddiy tushuntiryapti: reklama orqali tushadigan daromad
yangi va yanada kuchli sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqish
, infratuzilma va xizmatni kengaytirish xarajatlarini qoplashga yordam beradi. Ya’ni, bepul (yoki arzonroq) kirish imkoni saqlanishi uchun kompaniya yangi moliyalashtirish yo‘lini ochmoqda.
Eng ko‘p berilayotgan savol — “xo‘p, mening yozishmalarim-chi?” OpenAI ta’kidlashicha,
foydalanuvchilarning yozishmalari va shaxsiy ma’lumotlari reklama beruvchilarga sotilmaydi va taqdim etilmaydi
. Reklamalar esa javoblardan alohida ko‘rinishi, ya’ni “reklama qayerda, ChatGPT javobi qayerda” degan chegara aniq bo‘lishi aytilgan.
Kompaniya hozircha reklama “tirik” holda hammaga chiqib ketganini aytmayapti — ma’lumotlarga ko‘ra, avval
AQSHdagi katta yoshli (18+) Free va Go foydalanuvchilari
orasida test qilinadi. Shundan keyin kengayish-kengaymasligi alohida qaror qilinadi.
Qisqasi, voqea shunday: kim ChatGPT’dan
tekin yoki arzonroq
foydalanmoqchi bo‘lsa, reklama ko‘rishi mumkin. Kim reklama umuman kerak emas — Plus/Pro/Business/Enterprise (va ayrim manbalarga ko‘ra Edu) tomonda hech narsa o‘zgarmaydi.
Kelajak uchun signal esa bitta: AI xizmatlari “bepul abadiy” formulasida emas. Lekin yaxshi tomoni — OpenAI bunda ishonch masalasini alohida urg‘ulab, reklama javobga aralashmasligi va shaxsiy ma’lumotlar reklamachilarga chiqmasligini ochiq aytib turibdi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Texno
» ChatGPT’ga reklama kiryapti: bepul versiya va ChatGPT Go‘da ko‘rinadi
So’nggi yangiliklar
8 martga bag‘ishlangan “E’zozdasiz ayollar” gala konserti
Bugun, 23:04
Olimlar surunkali bel og‘rig‘iga qarshi oddiy yechim topdi
Bugun, 22:53
O‘zbekiston U-16 Xitoyga qarshi ikkinchi o‘yinda yutqazdi
