Tog‘li hududlarda ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi sababli, Qamchiq dovonida joylashgan mashhur mavsumiy dam olish maskanlari —
“Qor Sity”
va
“Qor Saroy”
vaqtincha yopildi.
Ayni paytda A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining
151 kilometrida
, ya’ni Qamchiq dovoni atrofida
intensiv qor yog‘ishi
kuzatilmoqda. Mutasaddi tashkilotlarning ogohlantirishiga ko‘ra, ushbu hududda
qor ko‘chish ehtimoli yuqori
bo‘lgani sababli, ko‘ngilochar maskanlar mehmonlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida faoliyatini to‘xtatgan.
Hozirda Qamchiq dovonida harakat cheklov ostida emas, ammo yo‘l harakati ishtirokchilariga
yo‘l sharoitlariga ehtiyotkorlik bilan yondashish
tavsiya etilmoqda. Maskanlar esa
ob-havo barqarorlashgach
qayta ochilishi kutilmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» Qamchiqda qor kuchaydi — dam olish maskanlari vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi
So’nggi yangiliklar
Olimlar dorilarsiz qon bosimini qanday tushirish usulini topdi
Bugun, 22:29
Fabio Kannavaro: "Mundialda faqatgina yutamiz, hech narsa yo‘qotmaymiz"
Bugun, 22:26
