Yevropa futbolida qishki transferlar oynasi yaqinlashib kelar ekan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda
“Manchester Siti”
himoyachisi
Abduqodir Husanov
atrofidagi xabarlar yanada jonlanmoqda. 21 yoshli markaziy himoyachining kelajagi haqida “ko‘hna qit’a” OAVlarida turli ssenariylar muhokama qilinmoqda.
Oxirgi oylarda futbolchining nomi
“Lans”
,
“Liverpul”
va hatto
“Real Madrid”
kabi grandlar bilan bog‘landi. Bu xabarlarning asosiy sababi shundaki, jamoa bosh murabbiyi
Xosep Gvardiola
Husanovning o‘yinidan qoniqqaniga qaramay, unga doimiy ravishda yetarlicha o‘yin amaliyoti taqdim etmayapti.
“Nitssa” kutilmaganda sahnaga chiqdi
Fransiya futbolida obro‘ga ega manbalarga ko‘ra,
“Nitssa”
ham o‘zbek himoyachisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mavsum boshidan beri barqarorlikka erisha olmayotgan klub qishki transferlar orqali tarkibni qayta qurishni rejalashtirgan.
SPORT.FR saytining yozishicha, “Nitssa” rahbariyati avvalo markaziy himoya chizig‘ini mustahkamlashga bel bog‘lagan. Shu bilan birga, Liga 1 peshqadami “Lans” ham ikkinchi davra oldidan tarkibni kuchaytirishni ko‘zlamoqda va “Manchester Siti” bilan Husanovni olti oylik ijaraga olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Manbalarga ko‘ra, yanvar oyida Husanov Fransiyaga qaytishi ehtimoli ancha yuqori. Faqat uning yangi manzili “Lans” emas, balki himoya muammolarini hal qilishga intilgan “Nitssa” bo‘lishi ham mumkin. Ikki klub ham futbolchini qisqa muddatli ijara asosida olishni istamoqda.
Hal qiluvchi qaror “Siti” qo‘lida
2029 yil o‘rtalarigacha “shaharliklar” bilan shartnomaga ega bo‘lgan Husanov uchun muntazam o‘yin amaliyoti juda muhim. Shu bois, “Manchester Siti” rahbariyati futbolchining rivoji uchun qisqa muddatli transfer variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin. Agar “Lans” va “Nitssa” tomonidan jiddiy takliflar tushsa, Fransiyada haqiqiy transfer kurashi yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas.
Frank Xeyz omili
JEUNESFOOTEUX.COM sayti esa “Nitssa” bosh murabbiyi
Frank Xeyz
shaxsiy tashabbusi bu transferda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Mutaxassis avval ishlagan “Lans” davrida yaxshi bilgan futbolchilarini jamoaga olib kelishni istamoqda.
Ayni paytda “Nitssa” yetakchilari —
Jonatan Kloss
,
Terem Moffi
va
Jeremi Boga
ning kelajagi noaniq bo‘lib turgani Xeyzni yangi ijrochilar qidirishga majbur qilmoqda.
Manbalarga ko‘ra, “Nitssa” uchun haqiqiy syurpriz himoya chizig‘ida bo‘lishi mumkin. Frank Xeyz “Manchester Siti”da qiyin davrni boshdan o‘tkazayotgan Husanovning vaziyatidan yaxshi xabardor va bu imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi. Bir yil oldin “Lans”dan taxminan 50 million yevro evaziga Angliyaga yo‘l olgan o‘zbek himoyachisini olti oylik ijaraga qaytarish rejasi aynan shu yerda paydo bo‘lgan.
Xulosa
O‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishga chanqoq, jismonan baquvvat va taktik jihatdan foydali Husanov kabi “jangchi”ni safiga qo‘shib olish “Nitssa” uchun himoyani barqarorlashtirishda katta qadam bo‘lishi mumkin. Shu tariqa, yaqinlashayotgan qishki transferlar oynasi o‘zbek futbolchisining taqdirida muhim burilish nuqtasiga aylanishi ehtimoli juda yuqori.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.addEventListener(‘load’, function() { // 1-2 soniya kutish – asosiy kontent ko’rinsin setTimeout(function() { // Yandex Context window.yaContextCb = window.yaContextCb || []; const yaScript = document.createElement(‘script’); yaScript.src = “https://yandex.ru/ads/system/context.js”; yaScript.async = true; document.head.appendChild(yaScript); // Native Network const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=” + new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS); }, 1500); // 1.5 soniya kechikish
});
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=2&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
