in

Nuri Shahin Shomurodovning markazdagi o‘yinini alohida ta’kidladi (video)

Turkiya Superligasining 17-turi doirasida “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Gaziantep”ni mag‘lub etgan uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Nuri Shahin jamoa yetakchilaridan biri — Eldor Shomurodovning o‘yini haqida juda iliq fikrlar bildirdi.

Shahinning aytishicha, u jamoaga kelguniga qadar Shomurodov asosan qanot hududida harakat qilgan. Biroq murabbiylar shtabi hujumchining imkoniyatlarini chuqur tahlil qilgan holda, uni markaziy hujumchi sifatida ko‘proq ishlata boshlagan. Bu qaror o‘zini to‘liq oqlagan.

“Hujumchilar turli uslubda o‘ynaydi. Eldorning esa o‘yinni o‘qish qobiliyati, aqliy salohiyati juda yuqori. Biz uni markazga o‘tkazib, ko‘proq erkinlik berdik. Bu jamoa uchun ko‘p narsani yengillashtirdi. U juda mahoratli va foydali futbolchi”, — dedi Nuri Shahin matbuot anjumanida.

Mutaxassislar fikricha, Shomurodovning markazdagi harakatlari nafaqat gollar, balki butun hujum chizig‘ining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. U to‘pni ushlab turish, sheriklarini o‘yinga jalb qilish va hal qiluvchi daqiqalarda to‘g‘ri qaror qabul qilish bilan ajralib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov ayni paytda Turkiya chempionatida ajoyib formada harakat qilmoqda. U Superligada 12 ta gol va 3 ta golli uzatma bilan to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilyapti. Bu ko‘rsatkichlar uning joriy mavsumdagi eng barqaror va samarali hujumchilardan biri ekanini yaqqol tasdiqlaydi.

Muxlislar esa Shomurodovning bunday o‘yini nafaqat “Bashakshehir”, balki O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham katta umid bag‘ishlayotganini ta’kidlashmoqda.

Sayt haqida

«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli

guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bo‘limlar

O‘zbekiston

Dunyo

Jamiyat

Texno

Sport

Avto

Madaniyat

Iqtisodiyot

Salomatlik

Bizning nashriyot

Biz haqimizda

Reklama joylash

Investorlar uchun taklif

Ma’lumotlardan foydalanish

Ishga taklif etamiz

+18

© 2014-2025

(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();

window.yaContextCb = window.yaContextCb || []

const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);

(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();

function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}

<!–
document.write("LiveInternet“)
//–>

(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });