Ilon Mask insoniyat tarixida ilk bor boyligi 700 milliard dollardan oshib ketgan shaxsga aylandi. Bu rekord natija, asosan, Tesla aksiyalari qiymatining oshishi bilan bog‘liq.
Ma’lum qilinishicha, Mask boyligining keskin o‘sishiga Delaver shtati Oliy sudining so‘nggi qarori jiddiy turtki bo‘lgan. Sud Tesla aksiyalariga oid opsionlar — ya’ni aksiyalarni oldindan, odatda bozor narxidan arzonroq xarid qilish huquqi — bo‘yicha avval bekor qilingan qarorni qayta ko‘rib chiqib, ularni tikladi. Hozirda ushbu opsionlar qiymati taxminan 139 milliard dollarga baholanmoqda.
Forbes nashri 2024 yil yanvaridan beri ushbu opsionlarning qiymatini ehtiyotkorlik bilan 50 foizga kamaytirib hisoblab kelgan edi. Biroq sud qarori ortidan bu yondashuv qayta ko‘rib chiqildi va natijada Ilon Maskning umumiy boyligi qo‘shimcha 69,5 milliard dollarga oshdi. Ayni paytda tadbirkorning kapitali 749 milliard dollar atrofida baholanmoqda.
E’tiborli jihati shundaki, Mask 15 dekabr kuniyoq boyligi 600 milliard dollardan oshgan tarixdagi ilk inson sifatida qayd etilgan edi. Shu oyda e’lon qilingan tender taklifidan so‘ng uning SpaceX kompaniyasidagi qariyb 42 foizlik ulushi 336 milliard dollargacha qimmatlashdi. Hozirda SpaceX’ning umumiy bahosi 800 milliard dollarga yetgan bo‘lib, bu avgust oyidagi 400 milliard dollarlik ko‘rsatkichdan ikki barobar yuqori.
Shuningdek, Ilon Mask avval ham tarixda ilk bor 500 milliard dollarlik boylikka ega bo‘lgan shaxs sifatida qayd etilgan — bu voqea 1-oktyabr kuni ro‘y bergan edi. Ayni paytda uning qiymati bo‘yicha ikkinchi yirik aktivi — SpaceX’dagi ulushi — Tesla’dagi aktivlaridan taxminan 2 milliard dollarga arzonroq ekani aytilmoqda.
Mutaxassislar fikricha, Ilon Maskni dunyodagi birinchi trillionerga aylantirishi mumkin bo‘lgan asosiy omil ham aynan SpaceX hisoblanadi. Kompaniya 2026 yilda IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Agar bu amalga oshsa, SpaceX bozorda taxminan 1,5 trillion dollarga baholanishi mumkin. IPO esa xususiy kompaniya aksiyalarining birinchi marta fond birjasida ommaviy investorlarga taklif etilishi jarayoni hisoblanadi.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
