Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yaponiya poytaxti Tokioga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Akixiko Tanaka bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Yaponiyaning ushbu yetakchi moliya instituti bilan keng ko‘lamli hamkorlikni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi kelishuvlar imzolandi.
Tomonlar Yaponiya investorlari uchun maxsus iqtisodiy zona barpo etish loyihasini tez fursatlarda ishga tushirishga tayyor ekanini bildirdi. Uchrashuv yakunida davlat rahbari JICA bilan 2030-yilga qadar Yangi hamkorlik dasturi doirasidagi loyihalarni o‘z vaqtida tayyorlash va ularning natijalari barqaror bo‘lishini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev “Sojitz Corporation” rahbarlari Masayoshi Fudzimoto va Kosuke Uemura bilan uchrashdi.
Yaponiyaning yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib borayotganini hisobga olib, Sirdaryo viloyatida bug‘-gaz elektr stansiyasini barpo etish loyihasini jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Ko‘p tarmoqli shifoxona, Toshkentning yangi xalqaro aeroporti, shamol elektr stansiyasini qurish va boshqa ustuvor loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Tibbiyot klinikalari hamda maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarini modernizatsiya qilish, transchegaraviy “yashil” energiya yo‘lagini barpo etish, mamlakatimiz hududlarida gaz kompressor stansiyalarini yangilash, shuningdek, yapon investorlari uchun maxsus iqtisodiy zona yaratishda korporatsiyaning ishtirok etishi bo‘yicha tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning “JOGMEC” va “ITOCHU” tashkilotlari rahbarlari Ichiro Takaxara va Djun Inomata bilan uchrashdi.
Hamkorlikni yanada kengaytirish va Yaponiyaning eng ilg‘or texnologiyalarini qo‘llagan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. “JOGMEC” “ITOCHU Corporation” bilan birgalikda Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi uran konlarini o‘zlashtirishda ishtirok etayotgani yuqori baholandi. Kompaniyalarning mamlakatimiz hududlaridagi istiqbolli konlardan qimmatbaho metallarni qazib olish rejalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va “ITOCHU” korporatsiyasi mashinasozlik, geologiya va infratuzilma sohalarida ko‘p yillik hamkorlik tajribasiga ega. Yaponiyaga o‘ta muhim minerallarni eksport qilish bo‘yicha uzoq muddatli kelishuvlarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Suvni tozalash, avtomobilsozlik, havo harakatini boshqarish tizimini modernizatsiya qilish hamda ijtimoiy sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish kabi hamkorlikning yangi yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.
So‘ngra, Shavkat Mirziyoyev Tokio shahridagi ishbilarmonlik tadbirlari doirasida “Sumitomo Corporation” kompaniyasi prezidenti Shingo Ueno bilan uchrashdi.
Strategik sheriklikni yanada rivojlantirish hamda energetika va sanoat sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Samarqand viloyatida ikkita quyosh elektr stansiyasi va energiya saqlash tizimlari qurilishi boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shunday loyihani shamol elektr stansiyalari va saqlash quvvatlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham tez fursatlarda amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi. Kompaniyaning o‘ta yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish va tez tibbiy yordam mashinalari parkini modernizatsiya qilishda ishtirok etish rejalari kelishildi. Uchrashuv yakunida davlat rahbari korporatsiya bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan hamkorlik dasturini qabul qilishni taklif etdi.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
