in

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya parlamenti do‘stlik ligasi rahbari Taro Aso bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, parlamentdagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda O‘zbekiston–Yaponiya strategik hamkorligini, jumladan parlamentlararo yo‘nalishda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda do‘stlik ligasi a’zolari ham ishtirok etdi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishda parlamentlarning o‘rni va parlamentlararo muloqotni muntazam davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, do‘stlik ligasi, ayniqsa uning raisi Taro Asoning O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi yuksak baholandi. Shuningdek, parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishda parlamentlardagi do‘stlik guruhlarining rolini kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida 2026-yilda navbatdagi Parlamentlararo forumni O‘zbekistonda tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi 2002-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda uning a’zolari soni 40 nafardan ortiq. Ular orasida Yaponiyaning taniqli siyosat arboblari, nufuzli deputat va diplomatlari ham mavjud.

Sayt haqida

«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli

guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bo‘limlar

O‘zbekiston

Dunyo

Jamiyat

Texno

Sport

Avto

Madaniyat

Iqtisodiyot

Salomatlik

Bizning nashriyot

Biz haqimizda

Reklama joylash

Investorlar uchun taklif

Ma’lumotlardan foydalanish

Ishga taklif etamiz

+18

© 2014-2025

(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();

window.yaContextCb = window.yaContextCb || []

const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);

(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();

function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}

<!–
document.write("LiveInternet“)
//–>

(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });