8 dekabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida juda nodir va mas’uliyatli yuk operatsiyasi amalga oshirildi. Uzbekistan Airports ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 01:15 da mamlakat poytaxti osmonida “Air Atlanta Icelandic” aviakompaniyasiga tegishli Boeing 747-400 turiga mansub yirik yuk samolyoti ko‘rindi va muvaffaqiyatli ravishda qo‘ndi.
Bu bordagi eng muhim jihat — samolyot Toshkentga Belgiyaning Liyej shahridan 93 tonna tirik qoramol olib kelgani bo‘ldi. Bortda Germaniya va Avstriyadan keltirilgan ikki mashhur zot – Simmental va Golshtin sigirlari joylashgan.
Simmental qoramollari sut va go‘sht ishlab chiqarishdagi universalligi bilan yuqori baholanadi. Golshtin zoti esa butun dunyodagi fermerlar orasida sut mahsuldorligi, yuqori sog‘im ko‘rsatkichlari va genetik samaradorligi bilan alohida o‘ringa ega.
Uzbekistan Airports ta’kidlashicha, jonivorlarni bortdan tushirish jarayoni barcha veterinariya me’yorlari va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirildi. Aeroport mutaxassislari yuk bilan bog‘liq operatsiyalarni tashkil etishda yuqori darajadagi malaka va mas’uliyatni namoyish etdi. Ular qoramollarni havo kemasidan xavfsiz tushirish, maxsus transportga joylashtirish hamda zarur veterinariya nazoratidan o‘tkazishni tezkor va aniq tashkil qilishdi.
Ushbu operatsiya nafaqat aeroport logistikasi, balki agrar sohadagi xalqaro hamkorlikning yana bir ahamiyatli bosqichi sifatida qayd etildi. O‘zbekistonga olib kelinayotgan yuqori naslli qoramollar mahalliy chorvachilikta ishlab chiqarish sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
