Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 dekabr kuni hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Rossiyaning yetakchi kompaniyalari O‘zbekistonda IT, energetika va qator sanoat tarmoqlarida amalga oshiriladigan yangi loyihalarni taqdim etdi.
Muloqotda Rossiyaning Nijniy Novgorod va Omsk viloyatlari, Boshqirdiston va Krasnoyarsk o‘lkasi rahbarlari ham ishtirok etdi. Suhbat avvalida Denis Manturov davlat rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Tomonlar oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida qabul qilingan “yo‘l xaritasi” ijrosini ko‘rib chiqdi. Savdo hajmining barqaror o‘sib borayotgani, sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish, sanoat zonalari doirasida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar va biznes darajasida aloqalarni kuchaytirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv doirasida Rossiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari prezidentga axborot texnologiyalari, energetika, elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bo‘yicha aniq rejalarni taqdim etdi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va ishbilarmonlik tadbirlarining natijalari O‘zbekiston–Rossiya iqtisodiy hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
