in

1-dekabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

2025-yil 1-dekabrdan mamlakat qonunchiligida bir qator muhim yangiliklar amalga kiritiladi. Ushbu o‘zgarishlar nafaqat iqtisodiy sohalarni, balki iste’molchilar huquqi, ekologiya, xavfsizlik, nikoh tuzish tartibi, tadbirkorlik va jamoat faoliyati kabi ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab oladi. Quyida e’tiborga molik barcha yangilanishlar kengroq bayon qilindi.

Ai-80 benzini sotuvi to‘liq to‘xtatiladi

Ekologik toza va sifatli yonilg‘iga o‘tishni jadallashtirish maqsadida 1-dekabrdan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-80 benzini savdosi cheklanadi. Bu jarayon mamlakatda havo sifati va ekologik barqarorlikni oshirishga qaratilgan katta choralardan biri sifatida ko‘riladi.

Iste’molchilar murojaatlarini ko‘rib chiqishda yangi tizim ishlaydi

Endilikda “iste’molchi — tadbirkor — NNO — davlat organlari” zanjiri asosida mutlaqo yangicha mexanizm yo‘lga qo‘yiladi. Bu tizim muammolarni tezroq ko‘rib chiqish, taraflar bilan samarali muloqot qilish va iste’molchilar huquqini yanada kuchliroq himoya qilishni ta’minlaydi.

Ekologiya ma’lumotlari to‘liq ochiqlanadi

O‘zbekiston Orxus konvensiyasini ratifikatsiya qilgani munosabati bilan Ekologiya vazirligi davlat ekologik monitoring ma’lumotlarini ochiq bazada joylashtirib boradi. Unda:

-“Yashil makon” doirasida ekilgan daraxtlar;

-daraxt kesish uchun beriladigan ruxsat arizalari;

-jamoatchilik eshituvlari natijalari;

-suv havzalarda noqonuniy qazish bilan bog‘liq ma’lumotlar

kabi muhim axborotlar mavjud bo‘ladi.

Bu esa ekologik jarayonlarning shaffofligini oshiradi va jamoatchilik nazoratini yanada mustahkamlaydi.

Seysmologik onlayn platforma foydalanishga topshiriladi

Yangi platforma orqali aholi:

-ehtimoliy zilzilalar akselerogrammasi bazalari,

-umumiy va batafsil seysmik rayonlash xaritalari,

-faol tektonik yoriqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan erkin tanishishi mumkin bo‘ladi. Ushbu platforma mamlakatning seysmik hududlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga yordam beradi.

Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ma’lumotnoma talab qilinmaydi

Axborot almashinuvi raqamlashtirilgani bois: nikohlanuvchilardan tibbiy ko‘rik natijasini olib kelish talabi,

-nikohdan ajrashishda sud qarorini qog‘ozda taqdim etish talablari bekor qilinadi. Bu jarayonlarni ancha yengillashtiradi va ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytiradi.

Tadbirkorlar uchun yangi kafolat va imkoniyatlar

Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan: yirik biznesga 10 mlrd so‘mgacha kafillik;

-“yashil” iqtisodiyot, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalariga katta qo‘llab-quvvatlash;

-yaxshi kredit tarixiga ega tadbirkorlarga kafolat limitini 1,5 baravar oshirish kabi yangi imkoniyatlar taqdim etiladi. Shu bilan tadbirkorlik muhitini yanada jonlantirish maqsad qilingan.

Xalqaro turizm akademiyasining Samarqand kampusi ish boshlaydi

Turizm sohasi mutaxassislari maxsus o‘quv dasturlari orqali qayta tayyorlanadi va malaka oshiradi. Bitiruvchilarga xalqaro darajada e’tirof etiladigan sertifikatlar beriladi.

Nodavlat sud ekspertlari mustaqil faoliyat yuritishiga ruxsat

Endilikda nodavlat sud ekspertlari alohida sud-ekspertlik byurosi shaklida mustaqil ishlay oladi. Bu sohada raqobatni oshirib, xizmat sifatini yanada yaxshilaydi.

Normativ-huquqiy hujjatlar tahlili uchun yagona platforma ishga tushadi

Advokatlar, yuristlar, sudyalar va keng jamoatchilik qonun hujjatlarini qiyosiy tahlil qilish imkoniga ega bo‘ladi. Platformada sun’iy intellekt texnologiyalari ham joriy etiladi.

Butun mamlakat mahallalari yagona reestrga kiritiladi

1-dekabrgacha to‘liq ishga tushadigan yagona reestrda har bir mahalla haqida ishonchli va yangilangan ma’lumotlar saqlanadi. Bu mahalla faoliyatini samarali boshqarishga yordam beradi.

Sayt haqida

«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli

guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bo‘limlar

O‘zbekiston

Dunyo

Jamiyat

Texno

Sport

Avto

Madaniyat

Iqtisodiyot

Salomatlik

Bizning nashriyot

Biz haqimizda

Reklama joylash

Investorlar uchun taklif

Ma’lumotlardan foydalanish

Ishga taklif etamiz

+18

© 2014-2025

(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();

window.yaContextCb = window.yaContextCb || []

const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);

(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();

function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}

<!–
document.write("LiveInternet“)
//–>

(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });