O‘zbekistonda soliq intizomini kuchaytirish va qarzdorlikni qisqartirish maqsadida yangi va biroz keskinroq tartib joriy etilyapti — endilikda 1 million so‘mdan ortiq soliq qarzi bor fuqarolarning elektr energiyasi bo‘yicha billing tizimi orqali to‘lov imkoniyati cheklanishi mumkin. Bu tartib Prezidentning 28-noyabr kuni qabul qilingan “Soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Qarorda ta’kidlanishicha, Soliq qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil 1-yanvardan boshlab Namangan viloyatida yangi soliq boshqaruvi modelini sinov tariqasida yo‘lga qo‘yadi. Eksperiment doirasida jismoniy shaxslarning mol-mulk va/yoki yer solig‘i bo‘yicha qarzi 1 million so‘mdan oshsa, elektr energiyasi billing mexanizmi orqali qarzni undirish amaliyoti ishga tushiriladi.
Ushbu model soliq organlari faoliyatini baholashda inson omilini minimallashtirib, avtomatik shakllanadigan samaradorlik ko‘rsatkichlarini joriy etishni ham nazarda tutadi. Sinov natijalari 2026-yil 1-oktyabrga qadar o‘rganilib, loyihani boshqa hududlarda ham joriy etish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Qarorning yana bir muhim jihati — fuqarolarning soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri bank va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalarida ko‘rinib turishi. Endi har bir foydalanuvchi o‘z qarzini asosiy sahifadayoq ko‘rishi va nazorat qilishi mumkin bo‘ladi. Bu jarayonda Markaziy bank Soliq qo‘mitasiga amaliy ko‘mak beradi.
Eslatib o‘tish joiz, 1-avgustdan beri chiqindi xizmati bo‘yicha qarzdor abonentlarga nisbatan ham shunga o‘xshash tizim joriy etilgan edi. “Toza makon” ma’lumotlari har oyning 3-sanasiga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimiga yuboriladi, 5-sanasigacha esa qarzdorlarga “2100” raqamidan SMS-xabarnoma yuboriladi. Ogohlantirishdan keyin 5 kunlik qo‘shimcha muddat beriladi, qilinmagan to‘lov esa elektr energiyasi uchun to‘lov imkoniyatining vaqtinchalik cheklanishiga olib keladi. Qarz to‘langan zahoti cheklov avtomatik ravishda yechiladi.
Yangi soliq mexanizmi ham xuddi shu yo‘nalishda — hisob-kitobni rakamlashtirish, qarzdorlikni o‘z vaqtida o‘zgartirish va tizimli tozalashga qaratilgan. Mutaxassislar fikricha, bu amaliyot soliq to‘lash madaniyatini oshirish va byudjet tushumlarini barqarorlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
