Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida aholi xafsalasini pir qiladigan holat aniqlandi: hududdagi g‘isht zavodlaridan birida maishiy chiqindilarni yoqib, mahsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i Nurg‘ali Amanov ommaviy axborot vositalariga ma’lumot berdi.
Uning aytishicha, tashkilot xodimlari tomonidan holat yuzasidan rasmiy tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va sanitar-ekologik talablarni buzgan ushbu korxona faoliyati 10 kun muddatga to‘xtatilgan. Bu vaqt davomida zavodning barcha ish jarayonlari to‘liq nazoratga olinadi.
Shu bilan birga, laboratoriya uchun maxsus namuna olinib, ekspertizaga yuborilgan. Ushbu tahlil natijalari chiqqach, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanadi va ma’muriy tartibda javobgarlikni belgilash maqsadida ish sud organlariga yuboriladi. Amanovning ta’kidlashicha, bu kabi huquqbuzarliklar atrof-muhitga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi va albatta, qonun oldida javob talab qiladi.
Korxona rahbari Zufar Turopov ahvolni tan olgan holda, bunday holat kelgusida takrorlanmasligini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, zavod qozonxonasiga belgilangan ekologik standartlarga muvofiq maxsus filtrlar o‘rnatilishi ta’minlanadi va ish jarayoni qat’iy nazorat ostida davom ettiriladi.
Qayd etish joiz, Yangiyo‘l tumanida bu kabi holatlar avval ham uchragan: shu kunlarda o‘tindan ko‘mir ishlab chiqarib, havoni ifloslantirishga sabab bo‘lgan fuqaro faoliyatiga ham chek qo‘yilgani ma’lum qilingan edi.
Ekologlar ta’kidlashicha, har bir bunday reyd — aholining sog‘lig‘i va atrof muhit xavfsizligi uchun muhim qadam. Chunki chiqindi yoqilishi orqali havoga tarqaladigan zararli moddalar nafaqat hududdagi havo sifatini yomonlashtiradi, balki kengroq miqyosda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
