Toshkent shahrida 14–17 noyabr kunlari bir qator yirik xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgani sababli ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi, deb xabar berdi IIB matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, yuk avtomobillarining shaharga kirishi va shahar ichidagi harakati to‘xtatiladi. Harakat butunlay emas, balki ayrim ko‘chalarda ma’lum soatlarda qisman cheklanadi, haydovchilar uchun esa aylanma yo‘llar tashkil etiladi.
15 noyabr kuni
soat 14:00 dan 19:00 gacha Abdulla Qodiriy – Ganga ko‘prigi kesishmasidan Zarqaynar ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l yopiladi. Aylanma yo‘l sifatida Sebzor va Nurafshon ko‘chalari tavsiya etiladi.
Shuningdek,
15 noyabr kuni
soat 09:00 dan 19:00 gacha Qorasaroy ko‘chasi bo‘ylab harakat cheklanadi. Haydovchilar Nurafshon va Kichik halqa yo‘li orqali harakatlanishlari mumkin.
16 noyabr kuni
soat 10:00 dan 15:00 gacha Islom Karimov – Furqat ko‘chalari oralig‘idagi yo‘l qisman yopiladi. Aylanma harakat Botir Zakirov, Alisher Navoiy va Beshyog‘och yo‘nalishlari orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek,
16 noyabr kuni
soat 09:00 dan 15:00 gacha Furqat ko‘chasidan Xadra maydonigacha bo‘lgan ikkinchi darajali yo‘l yopiladi.
Poytaxtda o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha haydovchilardan harakat cheklovlariga amal qilish so‘ralgan.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
var cscr = document.createElement(“script”); cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime(); document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
