O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining mehnat sharoitini yaxshilash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi, deb xabar berdi rasmiy manbalar.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan boshlab davlat tibbiyot muassasalari besh kunlik ish haftasiga o‘tadi. Bayram va dam olish kunlarida esa navbatchilik orqali uzluksiz xizmat yo‘lga qo‘yiladi. Maqsad — shifokorlarning ortiqcha ish yuklamasini kamaytirish va mehnat samaradorligini oshirish.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari har yili Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori miqyosida rag‘batlantiriladi. “Eng yaxshi shifokor”, “Eng yaxshi poliklinika” kabi tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblarga pul mukofotlari va xorijda malaka oshirish imkoniyati beriladi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab 15 yillik stajga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovlarining 30 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi. Shuningdek, har yili 500 nafar shifokor uy-joy xaridi uchun ipoteka boshlang‘ich to‘lovining 25 foizi miqdorida yordam oladi.
Qarorda tibbiyot xodimlari uchun yana bir qator imtiyozlar ham nazarda tutilgan. Ular yilda bir marotaba bepul yuqori texnologik tibbiy xizmat, sanatoriy yo‘llanmasi, ilmiy maqolalar chop etish xarajatlarini qoplash, hamda davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni ikki baravar kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yangi qaror mamlakatda tibbiyot sohasi nufuzini oshirish, malakali mutaxassislarni saqlab qolish va yosh avlodni bu kasbga jalb qilishni maqsad qiladi.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
var cscr = document.createElement(“script”); cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime(); document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.tel1mekar.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
