in

O'zbekistonliklarga BADlar borasida ogoh bo'lish tavsiya qilindi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi matbuot xizmati tomonidan axborot xabari e’lon qilindi. Qo’mita o’z vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va “Reklama to’g’risida”gi qonun talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.

Shu maqsadda oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va biologik faol qo’shimchalar (BAD)ni muntazam nazorat xaridlari amalga oshiriladi. Nazorat xaridlarining yillik natijalari quyidagicha: 2023 yilda 397 ta nazorat xaridi o’tkazilib, ulardan 24 tasi sifatsiz deb topilgan; 2024 yilda 560 ta xarid amalga oshirilib, 95 tasida talablar buzilgani aniqlangan; 2025 yilda esa 618 ta xariddan 123 tasining belgilangan talablarga javob bermasligi qayd etilgan.

Shuningdek, bugungi kungacha qo’mitaga oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va biologik faol qo’shimchalar bo’yicha 2 345 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 337 tasi (14 foizi) aynan biologik faol yoki oziq-ovqat qo’shimchalariga tegishli.

Ko’plab murojaatlar aholi tomonidan telekanallar, radio va ijtimoiy tarmoqlardagi reklamaga ishonib, biologik faol qo’shimchalarni xarid qilganliklari va ularning kutilgan natijani bermaganligi yoki salomatlikka salbiy ta’sir ko’rsatganligi bilan bog’liq. Eslatma: Biologik faol qo’shimchalar dori vositasi hisoblanmaydi va kasalliklarni davolash uchun mo’ljallanmagan.

Ular organizm funksiyalarini qo’llab-quvvatlash yoki ma’lum kasalliklarning oldini olish uchun, profilaktika sifatida qo’llaniladi. Shu bois har qanday qo’shimchani qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish muhim.

Qo’mita O’zbekiston aholisi e’tiborini quyidagilarga qaratdi: Reklamada biologik faol qo’shimchalarni dori sifatida ko’rsatishga ishonmang; “Bir oyda barcha kasalliklardan tuzatadi” kabi yolg’on va’dalar aldov reklama hisoblanadi; Faqat Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tgan va rasmiy sertifikatga ega mahsulotlardan foydalaning.

Sayt haqida

«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli

guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bo‘limlar

O‘zbekiston

Dunyo

Jamiyat

Texno

Sport

Avto

Madaniyat

Iqtisodiyot

Salomatlik

Bizning nashriyot

Biz haqimizda

Reklama joylash

Investorlar uchun taklif

Ma’lumotlardan foydalanish

Ishga taklif etamiz

+18

© 2014-2025

(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();

window.yaContextCb = window.yaContextCb || []

var cscr = document.createElement(“script”); cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime(); document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);

(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.tel1mekar.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();

<!–
document.write("LiveInternet“)
//–>

(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });