AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining “Truth Social”dagi rasmiy sahifasida juda katta siyosiy va iqtisodiy ahamiyatga ega bayonot bilan chiqdi. Unda Tramp Amerika va O‘zbekiston o‘rtasida yangi davrni boshlaydigan miqyosi bo‘yicha tarixdagi eng yirik savdo-iqtisodiy kelishuv haqida ma’lum qildi.
Prezidentning ta’kidlashicha, yaqin uch yil ichida O‘zbekiston qator strategik sohalarga — muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlar, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika, kimyo va axborot texnologiyalari kabi yo‘nalishlarga 35 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritadi va xaridlar amalga oshiradi.
Shu bilan birga, kelgusi o‘n yil ichida bu ko‘rsatkich 100 milliard dollardan oshib ketishi kutilmoqda. Tramp buni ikki mamlakat munosabatlarida “misli ko‘rilmagan burilish nuqtasi” sifatida ta’rifladi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi misli ko‘rilmagan savdo-iqtisodiy kelishuvni e’lon qilishdan mamnunman. Yaqin uch yil ichida O‘zbekiston Amerikaning muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika va kimyo, axborot texnologiyalari va boshqa muhim tarmoqlariga qariyb 35 milliard dollar, kelgusi o‘n yilda esa 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi va xaridlarni amalga oshiradi.
Men O‘zbekistonning yuksak hurmatli Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali munosabatlarni intizorlik bilan kutamiz!”, — deb yozdi AQSH rahbari.
Trampning bu bayonoti Vashington va Toshkent o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilayotganini anglatadi. Hozircha kelishuvning aniq tafsilotlari ochiqlanmagan bo‘lsa-da, tahlilchilar bu qadamni ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadigan qaror, deb baholamoqda.
O‘zbekiston so‘nggi yillarda AQSH bilan munosabatlarni izchil kengaytirib kelmoqda. Trampning ushbu postidan so‘ng ko‘plab xalqaro nashrlar buni “Markaziy Osiyoda AQSH ta’sirining mustahkamlanishi va Toshkentning geoiqtisodiy nufuzi ortishi” deb atadi.
Kelishuv amalga oshsa, bu nafaqat Amerika va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasini keskin oshiradi, balki mintaqada yangi sarmoyaviy imkoniyatlarni ham yaratadi.
Hozircha har ikki davlatning tegishli vazirlik va agentliklari kelishuv bo‘yicha texnik hamkorlikni muhokama qilmoqda. Ammo aniq bir narsa bor — ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi siyosiy ishonch va iqtisodiy yaqinlik so‘nggi yillarda hech qachon bu darajada kuchli bo‘lmagan.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
var cscr = document.createElement(“script”); cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime(); document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.tel1mekar.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
