in

Tirnoq belgilaridan saraton va boshqa kasallikni bilish mumkin

Portugaliyalik taniqli dermatolog Andrey Malvestiti inson sog‘lig‘ini baholashda tirnoq holati muhim ko‘rsatkich ekanini ta’kidladi, deb xabar berdi [Diario de Noticias]. Uning so‘zlariga ko‘ra, tirnoqdagi har qanday o‘zgarishlar organizmda kechayotgan jiddiy jarayonlardan, ayniqsa xavfli kasalliklardan erta ogohlantirishi mumkin.

Malvestiti ta’kidlaganidek, ko‘pincha odamlar tirnoqdagi kichik rang o‘zgarishlariga e’tibor bermaydi. Biroq aynan shunday belgillar ba’zan saraton yoki qon aylanishi tizimidagi buzilishlar kabi og‘ir kasalliklarning dastlabki ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Masalan, tirnoqdagi oq yoki binafsha dog‘lar odatda shikastlanish yoki mayda qon tomirlarining uzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi va xavfli emas.

Ammo agar tirnoqda qora, jigarrang yoki kulrang tasmalar yoki dog‘lar paydo bo‘lsa, bu holat albatta dermatolog ko‘rigidan o‘tish uchun jiddiy sabab hisoblanadi. Chunki bunday belgillar ayrim hollarda melanoma – teri saratonining ilk bosqichidan darak berishi mumkin.

Shuningdek, tirnoq plastinkasi ajralib chiqishi yoki yengilgina tozalanishi ham organizmdagi muammolarga ishora qiladi. Bu holat qo‘ziqorin infeksiyalari, kimyoviy moddalar ta’siri yoki hatto immun tizimi bilan bog‘liq allergik reaksiyalarning natijasi bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Dermatologning so‘zlariga ko‘ra, bemorlar orasida eng ko‘p tarqalgan shikoyat — tirnoqlarning mo‘rtlashishi, yarqiroqligini yo‘qotishi va parchalanishidir. Bu keksa yoshda tabiiy jarayon bo‘lishi mumkin, ammo ba’zan qalqonsimon bez faoliyati buzilishi, qon aylanishi sekinlashishi yoki temir tanqisligi anemiyasidan ham dalolat berishi mumkin. Shuningdek, bunday holatlar toshbaqa kasalligi, diabet yoki atopik dermatit bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Malvestiti insonlarga o‘z tirnoqlariga muntazam e’tibor berishni, ulardagi har qanday o‘zgarishni jiddiy qabul qilishni tavsiya etdi. Uning fikricha, erta tashxis qo‘yish sog‘liqni saqlashning eng samarali usuli bo‘lib, tirnoqlar bunda tabiat tomonidan berilgan “tabiiy signal tizimi”dek ishlaydi.

Sayt haqida

«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli

guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bo‘limlar

O‘zbekiston

Dunyo

Jamiyat

Texno

Sport

Avto

Madaniyat

Iqtisodiyot

Salomatlik

Bizning nashriyot

Biz haqimizda

Reklama joylash

Investorlar uchun taklif

Ma’lumotlardan foydalanish

Ishga taklif etamiz

+18

© 2014-2025

(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();

window.yaContextCb = window.yaContextCb || []

var cscr = document.createElement(“script”); cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime(); document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);

(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.tel1mekar.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();

(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });