«
Manchester Siti
» klubi rahbariyati jamoaning yosh yulduzlaridan biri bo‘lgan Niko O’Rayli bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha qarorga keldi. 20 yoshli ingliz futbolchisi o‘ziga berilgan imkoniyatdan ajoyib tarzda foydalanib, asosiy tarkibdagi o‘rnini mustahkamladi va murabbiylar shtabi ishonchini oqladi.
Angliya kubogining 30 mart kuni bo‘lib o‘tgan chorak finalida «Bornmut» klubiga qarshi kechgan bellashuv Niko uchun burilish nuqtasi bo‘ldi. Birinchi bo‘limda o‘zbekistonlik himoyachi
Abduqodir Husanov
sariq kartochka olganidan so‘ng, bosh murabbiy
Xosep Gvardiola
ikkinchi bo‘limda uning o‘rniga maydonga aynan O’Raylini tushirishga qaror qildi. Yosh yarim himoyachi esa bu imkoniyatni o‘z foydasiga ishlatib, bahs davomida ikki bor jamoadoshlariga golli pas berdi va natijada «shaharliklar» muhim 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Shu o‘yindan keyin Nikoning maydondagi ishonchli harakatlari tufayli
Abduqodir Husanov
asosiy tarkibdagi o‘z o‘rnini yo‘qotdi. Xosep Gvardiola ham OAV va muxlislarga o‘zbekistonlik futbolchining o‘yinga tushirilmayotganini Niko O’Rayli kabi bir qator futbolchilarning juda yaxshi formada ekanligi bilan izohlagan edi.
Ma’lumki, Niko O’Rayli joriy mavsumda «Manchester Siti» tarkibida Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Yevropa Chempionlar ligasi musobaqalarida jami 17 marta maydonga tushdi. Bu uchrashuvlarda u raqiblar darvozasiga beshta gol urdi hamda ikki marta assistentlik qildi. Uning shunday yuqori samaradorligi klub rahbariyatining e’tiboridan chetda qolmadi.
Shuning uchun «Manchester Siti» klubi rahbariyati Nikoning 2028 yil yozigacha bo‘lgan amaldagi shartnomasini yana ikki yilga — 2030 yilgacha uzaytirishga qaror qildi. Tabiiyki, yosh iste’dodning maoshida ham jiddiy o‘sish kuzatiladi.
Asli yarim himoyada harakat qiladigan Niko O’Raylining yangi rolda — chap qanotda juda ishonchli o‘ynayotgani tufayli murabbiylar shtabi himoya chizig‘ida jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Abduqodir Husanov avvaldan chap qanotda harakat qilgan Yoshko Gvardiol bilan raqobat qilar edi. Biroq Niko O’Rayli ko‘rsatgan o‘yin tufayli Gvardiol himoya markaziga ko‘chirildi va bu bilan Husanovning asosiy tarkibga qaytish imkoniyatlari yanada qisqardi.
Husanov uchun vaziyat yanada og‘irlashgani shundaki, u bir oydan buyon maydonda ko‘rinish bergani yo‘q. Bu holat futbolchimizning kelgusi faoliyatiga qanday ta’sir qilishi noma’lum. Biroq shuni ishonch bilan aytish mumkinki, unga yaqin orada asosiy tarkibga qaytish uchun katta kuch bilan harakat qilish lozim bo‘ladi.
“Manchester Siti”da raqobat har doim yuqori darajada bo‘lgan va bu holat har bir futbolchidan maksimal kuch va mahoratini talab qiladi. Abduqodir Husanov yana o‘z kuchini namoyish etib, bosh murabbiyning e’tiborini qaytarib olishi uchun katta mehnat qilishi kerak.
Endi “shaharliklar”ning muxlislari Niko O’Rayli bilan shartnomaning rasman imzolanishini kutmoqda. Bu esa klubning yosh futbolchilarga berilayotgan e’tibori yana bir bor yuqori ekanligidan dalolatdir.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil:
[email protected]
.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
var cscr = document.createElement(“script”);
cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime();
document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.speraspace.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyB5YW5naWxpa2xhcmRhbiB0ZXogeGFiYXIgb2xpc2ggdWNodW4%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
{ “@context”: “https://schema.org”, “@type”: “Organization”, “name”: “O’zbekiston yangiliklari”, “url”: “https://zamin.uz/uz/”, “sameAs”: [ “https://facebook.com/zaminuz”, “https://instagram.com/zamin.uz”, “https://x.com/zamin_uz”, “https://t.me/ZaminUZ”, “https://youtube.com/c/ZaminUZ”, “https://ok.ru/ZaminUZ”, “https://vk.com/ZaminUZ” ], “address”: { “@type”: “PostalAddress”, “streetAddress”: “1-kvartal, 4-uy”, “addressLocality”: “Chilonzor tumani”, “addressRegion”: “ТашкентToshkent”, “postalCode”: “100115”, “addressCountry”: “UZ” }, “telephone”: “+998880719999”, “logo”: { “@type”: “ImageObject”, “url”: “https://zamin.uz/templates/zaminuz/images/favicon-96×96.png”, “contentUrl”: “https://zamin.uz/templates/zaminuz/images/favicon-96×96.png” }, “image”: “https://zamin.uz/uploads/fb6be259cb_zamin-banner.webp” }
(function(i,s,o,g,r,a,m){i[‘GoogleAnalyticsObject’]=r;i[r]=i[r]||function(){ (i[r].q=i[r].q||[]).push(arguments)},i[r].l=1*new Date();a=s.createElement(o), m=s.getElementsByTagName(o)[0];a.async=1;a.src=g;m.parentNode.insertBefore(a,m) })(window,document,’script’,’//www.google-analytics.com/analytics.js’,’ga’); ga(‘create’, ‘UA-57116539-1’, ‘auto’); ga(‘send’, ‘pageview’);
window.dataLayer = window.dataLayer || []; function gtag(){dataLayer.push(arguments);} gtag(‘js’, new Date()); gtag(‘config’, ‘G-6V3G2CGXQT’);
(function (d, w, c) { (w[c] = w[c] || []).push(function() { try { w.yaCounter27205580 = new Ya.Metrika({ id:27205580, clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true }); } catch(e) { } }); var n = d.getElementsByTagName(“script”)[0], s = d.createElement(“script”), f = function () { n.parentNode.insertBefore(s, n); }; s.type = “text/javascript”; s.async = true; s.src = “https://cdn.jsdelivr.net/npm/yandex-metrica-watch/watch.js”; if (w.opera == “[object Opera]”) { d.addEventListener(“DOMContentLoaded”, f, false); } else { f(); } })(document, window, “yandex_metrika_callbacks”);