in

Fevzi Davletov: "Uchinchi golni ancha oldin urishimiz kerak edi"

O‘zbekiston Kubogi doirasida “Andijon”ga qarshi o‘yindan keyin “Surxon” bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida qatnashdi.

– Tig‘iz taqvimni hisobga olgan holda bugun ayrim rotatsiyalarga qo‘l urgandik va kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganlarga imkon berdik. Dastlabki 15-20 daqiqalikda yaxshi hujumlar qildik, gollar urdik. Ikki to‘p farqidan keyin himoyada o‘ynadik. Tarkibda ushbu mavsumda kam o‘ynayotganlar ko‘pchilik bo‘lgani sezildi, ular bosimga dosh bera olishmadi. Standartdan gol qo‘yib yubordik, vaziyatlarda oxirigacha o‘ynay olmadik. Ushbu jihatda yaxshiroq harakat qilish uchun ishlashda davom etamiz. Tanaffusda ayrim jihatlarni to‘g‘riladik, futbolchilarga kerakli ko‘rsatmalarni berdik.

Ikkinchi bo‘limda yuzaga keltirilgan vaziyatlardan uchinchi golni ertaroq urib olishimiz kerak edi. Biroq vaziyatlardan foydalanish bizni qiynadi. Uchinchi gol uchun yetarlicha vaziyat yaratgandik. Yigitlar bugun yaxshi harakat qilishdi, ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Ikkinchi bo‘limning katta qismini himoyada o‘tkazdik. Himoyachilar yomon o‘ynashmadi, ha, xatolar bor edi. Umuman olganda barchasi yaxshi bo‘ldi.

– “Surxon” 2:1 hisobida g‘alaba qozonayotgan paytda chuqur himoyaga yotib oldi va faqatgina ikkinchi to‘p uchun o‘ynashga harakat qildi. Bu holatga fikringiz.

– Xato shunda bo‘ldiki, biz juda chuqur himoyaga yotib oldik. Biz bunga qadar vertikal to‘p oshirishlarni qaytarishni ko‘p ishlagandik. Tanaffusda esa futbolchilarga diagonal paslar ko‘proq bo‘ligini aytgandik, biroq buning ustida yetarlicha ishlamagandik. O‘tkazib yuborilgan ikkinchi gol aynan shu xato orqali kiritildi. Shunday bo‘lsa ham biz ko‘p vaziyatlar yaratdik va buni normal holat deb hisoblayman.

– “Dinamo” va “Lochin”ga qarshi o‘yinlarda qanday taktika asosida jamoani o‘ynatasiz? Bugungi rotatsiya faqatgina taqvim zichligi sababli qilindimi yoki kubokdagi keyingi o‘yinlarda ham rotatsiyaga qo‘l uriladimi?

– Rotatsiya bo‘ladi. Hozir har 4-5 kunda o‘yin o‘tkazyapmiz. Oldimizdagi har bir uchrashuv qiziq bo‘ladi, shu sababli tezda tiklanib, navbatdagi bahslarga jiddiyroq tarzda tayyor bo‘lish kerak.

– Ushbu mavsum “Surxon”da yashirin to‘purar paydo bo‘ldi. Raqobatda boshqa hujumchilardan ustun bo‘layotgan Muhammad-Ali Abdurahmonov haqida nima deya olasiz?

– Haydarov jarohati sababli mavsumoldi yig‘inlarni o‘tkazib yubordi. Yanvar oyida aynan shu sababli maydondan tashqarida bo‘ldi. Hozir u optimal holatida emas. U hali o‘z darajasiga qaytishi kerak. O‘yinda, mashg‘ulotda uning ishlaydigan jihatlari juda ko‘p.

Sayt haqida

«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli

guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil:

[email protected]

.

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bo‘limlar

O‘zbekiston

Dunyo

Jamiyat

Texno

Sport

Avto

Madaniyat

Bizning nashriyot

Biz haqimizda

Reklama joylash

Investorlar uchun taklif

Ma’lumotlardan foydalanish

Ishga taklif etamiz

+18

© 2014-2025

 

window.yaContextCb = window.yaContextCb || []

var cscr = document.createElement(“script”);
cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime();
document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);

(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.speraspace.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyB5YW5naWxpa2xhcmRhbiB0ZXogeGFiYXIgb2xpc2ggdWNodW4%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();

{ “@context”: “https://schema.org”, “@type”: “Organization”, “name”: “O’zbekiston yangiliklari”, “url”: “https://zamin.uz/uz/”, “sameAs”: [ “https://facebook.com/zaminuz”, “https://instagram.com/zamin.uz”, “https://x.com/zamin_uz”, “https://t.me/ZaminUZ”, “https://youtube.com/c/ZaminUZ”, “https://ok.ru/ZaminUZ”, “https://vk.com/ZaminUZ” ], “address”: { “@type”: “PostalAddress”, “streetAddress”: “1-kvartal, 4-uy”, “addressLocality”: “Chilonzor tumani”, “addressRegion”: “ТашкентToshkent”, “postalCode”: “100115”, “addressCountry”: “UZ” }, “telephone”: “+998880719999”, “logo”: { “@type”: “ImageObject”, “url”: “https://zamin.uz/templates/zaminuz/images/favicon-96×96.png”, “contentUrl”: “https://zamin.uz/templates/zaminuz/images/favicon-96×96.png” }, “image”: “https://zamin.uz/uploads/fb6be259cb_zamin-banner.webp” }

(function(i,s,o,g,r,a,m){i[‘GoogleAnalyticsObject’]=r;i[r]=i[r]||function(){ (i[r].q=i[r].q||[]).push(arguments)},i[r].l=1*new Date();a=s.createElement(o), m=s.getElementsByTagName(o)[0];a.async=1;a.src=g;m.parentNode.insertBefore(a,m) })(window,document,’script’,’//www.google-analytics.com/analytics.js’,’ga’); ga(‘create’, ‘UA-57116539-1’, ‘auto’); ga(‘send’, ‘pageview’);

window.dataLayer = window.dataLayer || []; function gtag(){dataLayer.push(arguments);} gtag(‘js’, new Date()); gtag(‘config’, ‘G-6V3G2CGXQT’);

<!–
document.write("“)
//–>

(function (d, w, c) { (w[c] = w[c] || []).push(function() { try { w.yaCounter27205580 = new Ya.Metrika({ id:27205580, clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true }); } catch(e) { } }); var n = d.getElementsByTagName(“script”)[0], s = d.createElement(“script”), f = function () { n.parentNode.insertBefore(s, n); }; s.type = “text/javascript”; s.async = true; s.src = “https://cdn.jsdelivr.net/npm/yandex-metrica-watch/watch.js”; if (w.opera == “[object Opera]”) { d.addEventListener(“DOMContentLoaded”, f, false); } else { f(); } })(document, window, “yandex_metrika_callbacks”);