in

Yo‘lda to‘xtatildi — salonda 360 ta iPhone!

Namangan viloyatida YPX xodimlari hayratlanarli holatni aniqladi.

Lacetti salonida hech kim kutmagan “yuk” bor edi — 360 dona

iPhone

16 Pro Max.

Hujjatsiz qurilmalar

11 aprel kuni soat 05:30 larda Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti avtomashinasi “Namangan” YPX maskanidan o‘tganda to‘xtatildi.

Rulda 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi A.M. bo‘lgan. Tekshiruv paytida salon va yukxonada — jami 360 ta yangi iPhone 16 Pro Max borligi aniqlangan.

Eng qizig‘i, ushbu qurilmalarga oid hech qanday hujjat bo‘lmagan.

Qalloblik shubhasi

Holat rasmiylashtirilib, qurilmalar va haydovchi A.M. surishtiruv ishlari uchun Namangan viloyati IJQK departamentining Pop tumani bo‘limiga topshirildi.

Bu shunchaki holat emas — oxirgi oylarda

Apple

qurilmalari bilan bog‘liq qonunbuzarliklar ko‘paymoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil oktyabrida Farg‘onada 900 million so‘mlik iPhone 16 Pro Max smartfonlarining noqonuniy olib kirilishi oldi olingan edi.

Siz nima deb o‘ylaysiz – bunday qonunbuzarliklar qay tarzda kamaytirilishi mumkin?

Ctrl

Enter

Xato topd

I

ngizmi

Iborani ajratib

Ctrl+Enter

tugmasini bosing

setTimeout(() => { fetch(‘/api/update-view.php?id=147770’, { method: ‘GET’ }) .catch(() => {}); }, 1000);

Yoqdi