UEFA Chempionlar ligasi chorak finalining ilk o‘yini Parijda “
PSJ
” va “Aston Villa” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. “Parc des Princes” stadionidagi bahs 3:1 hisobida PSJ foydasiga yakunlandi.
O‘yinning 35-daqiqasida Morgan Rodjers “Aston Villa”ni oldinga olib chiqdi. Ammo 4 daqiqadan so‘ng, 39-daqiqada Desire Doue hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda PSJ hujumni kuchaytirib, 49-daqiqada Xvicha Kvaratsxeliya gol urdi, so‘nggi gol esa 90+2-daqiqada Nuno Mendesh tomonidan kiritildi.
Statistikaga ko‘ra, PSJ 27 zarba yo‘llagan (10 aniq), 76% to‘p nazorati, 838 pas (94% aniqlik) bilan ustunlik qilgan. 9 ta faul ishlatgan, kartochka olmagan.
Aston Villa esa 7 ta zarba bergan (2 aniq), 24% to‘p nazorati, 268 pas (75% aniqlik), 8 ta faul va 1 sariq kartochka bilan javob qaytardi.
Ctrl
Enter
Xato topd
I
ngizmi
Iborani ajratib