in

“O‘zgidromet” dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deb “O‘zgidromet” agentligi xabar berdi.

4 aprel, juma kuni respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Kunning kechki qismida va 5 aprel kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 4 aprel kuni kunduzi ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5 aprel kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi.

6 aprel kuni esa ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.

4–6 aprel kunlari harorat foni ancha yuqori bo‘lib qoladi. Kunduzi havo harorati +23…+28 daraja, ba’zi joylarda esa +30 darajagacha issiydi.

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida 4 aprel kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechga tomon va 5 aprel kuni kechasi hamda ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5 aprel kunduzi esa qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

6 aprel kuni ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli mavjud, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Shamol 5–10 m/s atrofida esadi, 4 aprel kechga tomon 12–15 m/s gacha kuchayadi.

Harorat:

– 4 aprel kuni kunduzi: +28…+30 °C

– 5–6 aprel kunlari kunduzi: +23…+26 °C

– kechalari: +12…+15 °C

Ctrl

Enter

Xato topd

I

ngizmi

Iborani ajratib

Ctrl+Enter

tugmasini bosing

setTimeout(() => { fetch(‘/api/update-view.php?id=147407’, { method: ‘GET’ }) .catch(() => {}); }, 1000);

Yoqdi