in

O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan «Ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini, portlovchi materiallar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish hamda o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini topshirganlik uchun taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qurol va uning o‘q-dorilarini topshirishning quyidagi tartibi belgilanmoqda:

jismoniy shaxs ichki ishlar organiga yoki profilaktika inspektoriga murojaat qiladi va qurolni va (yoki) uning o‘q-dorilarini topshiradi;

shu kunning o‘zida ichki ishlar organi qurolni (o‘q-dorilarni) qabul qilib oladi va qurol (o‘q-dorilar) hisobini yuritish uchun kvitansiya rasmiylashtiradi;

shundan so‘ng ichki ishlar organlarining mas’ul bo‘linmalari tomonidan tegishli tekshiruvlar (tergovga qadar tekshiruv, ballistik ekspertiza, bazalar bo‘yicha tekshiruv) o‘tkaziladi;

tegishli komissiya arizachini taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Qurol yoki o‘q-dorilarni ixtiyoriy topshirganlik uchun BHMning 5 dan 500 foizigacha miqdorda mukofot ko‘zda tutilgan, xususan:

soyli stvolli o‘qotar qurolning, kombinatsiyalangan (soyli stvolli va silliq stvolli) o‘qotar qurol uchun – BHMning 500 foizi;

silliq stvolli o‘qotar qurol uchun– BHMning 400 foizi;

stvolsiz o‘qotar qurol (patron gilzasi stvol sifatida foydalaniladigan qurol) uchun – BHMning 300 foizi;

pnevmatik qurol uchun – BHMning 100 foizi;

tig‘li sovuq qurol (rapiralar, shpagalar va qilichlar)ning, uloqtirish quroli (kamonlar, arbaletlar va nayzalar)uchun – BHMning 50 foizi;

elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi ta’siri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalari uchun– BHMning 30 foizi;

signal beruvchi qurol uchun – BHMning 25 foizi;

gazli qurol (ko‘zdan yosh oqizadigan yoki achishtiradigan moddalar bilan to‘ldirilgan gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar) uchun – BHMning 15 foizi;

patron uchun – BHMning 5 foizi;

stvol, zatvor, o‘qdon (baraban), ramka, stvol qutisi uchun – BHMning 75 foizi.

Agar qurol shikastlangan bo‘lsa, mukofot miqdori ikki baravar kamayadi.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi

Ctrl

Enter

Xato topd

I

ngizmi

Iborani ajratib

Ctrl+Enter

tugmasini bosing

setTimeout(() => { fetch(‘/api/update-view.php?id=147298’, { method: ‘GET’ }) .catch(() => {}); }, 1000);

Yoqdi