in

Prokuratura masjiddagi portlash sababini ma’lum qildi

Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi “Ahmadali Xoja” masjidida yuz bergan portlash gaz sizishi va qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan, deb kursiv.media viloyat prokuraturasiga tayanib xabar berdi.

Prokuraturaning ma’lum qilishicha, masjid podvalida isitish uskunalariga ulangan quvurlardan gaz sizib chiqqan, elektr toki yoqilganida esa qisqa tutashuv yuz bergan.

Hodisa oqibatida 10 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan, 3 kishi voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ctrl

Enter

Xato topd

I

ngizmi

Iborani ajratib