Aprel oyining birinchi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi «O‘zgidromet».
Havo harorati ko‘tarilishi davom etadi. Seshanba va chorshanba kunduzi harorat +22…+27 darajani tashkil etadi, ish haftasining oxiriga kelib havo +28…+30 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +33 darajagacha isiydi. Bu aprel oyi boshi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 5–7 darajaga yuqoridir.
Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatda 1–3 aprel kunlari kunduzgi harorat +25…+30 daraja bo‘lgan quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, 4 aprelda esa harorat 5–7 darajaga pasayadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezikda esadi, 3–4 aprel kunlari respublika bo‘yicha 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida seshanba kuni havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechalari +10…+15 daraja, kunduz kunlari 1–2 aprelda +24…+26 daraja, 3–4 aprelda +26…+29 daraja bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topd
I
ngizmi
Iborani ajratib
Ctrl+Enter
tugmasini bosing
setTimeout(() => { fetch(‘/api/update-view.php?id=147230’, { method: ‘GET’ }) .catch(() => {}); }, 1000);