in

O‘zbekistonda erkaklar asosan necha yoshda turmush qurmoqda?

O‘zbekistonda nikohlanuvchi erkaklarning yoshi bo‘yicha taqsimlanishi haqida ma’lumot berildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika bo‘yicha 31 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Qayd etilgan nikohlarda erkaklarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi:

– 20 yoshgacha – 1,4 %;

– 20-30 yosh – 78,7 %;

– 31-40 yosh – 13,6 %;

– 41 yosh va undan kattalar – 6,3 %.

Ma’lum bo‘ladiki, erkaklarning mutlaq katta qismi 20-30 yosh oralig‘ida oila qurmoqda.

Qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi:

– 20 yoshgacha – 35,3 %

– 20-30 yosh – 52,4 %

– 31-40 yosh – 9,4 %

– 41 yosh va kattalar – 2,9 %ni tashkil etmoqda.

Ctrl

Enter

Xato topd

I

ngizmi