in

Fransiya kubogi. "Lans" PSJga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi, Husanov gol urdi!

Fransiya kubogi 1/32 final doirasidagi “Lans” — PSJ o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mezbonlarning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va gol urishga erishdi.

Husanov jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni raqib darvozasiga mixlab qo‘ydi. Hamyurtimiz shuningdek 75-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi. Husanov penaltilar seriyasidan oldinroq, aniqrog‘i 90+6 daqiqada zaxiraga olindi.

Qayd etish kerakki, hamyurtimiz bugungi kubok bahsida 5-raqam ostida o‘ynadi.

“Lans” — PSJ 1:1 (penaltilar seriyasi bo‘yicha — 3:4)

Gollar

: 1:0 – 66 Husanov, 1:1 – 70 Gonsalu Ramush.

“Lans”

: Koffi, Machado (Chaves, 90), Frankovski, Medina, Danso, Husanov (Sarr, 90+6), Diuf, El Enaui, Tomasson (Sotoka, 89), Fyuljeni (David Koshta, 70), Nzola.

PSJ

: Safonov, Mendesh, Pacho, Markinos, Xakimi, Joau Nevesh, Vitinya, Fabian Ruis (Zair-Emeri, 57), Due (Gonsalu Ramush, 66), Li Kan In (Barkolya, 66), Dembele.

Ogohlantirish

: Still (57), Markinos (67), Husanov (75).

Mavzuga oid yangiliklar