Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” chempionatning 17-turida “Aston Villa” mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu manchesterliklarning so‘nggi 12 ta uchrashuvda 9-mag‘lubiyati
bo‘ldi
.
Uchrashuvdan keyin jamoaning eng zo‘r to‘purari mag‘lubiyat uchun eng avvalo o‘zi aybdor ekanini aytdi.
– “
Mag‘lubiyatga kim aybdor? Eng avvalo, men. Doim o‘zimga qarayman. Men yetarli darajada yaxshi o‘ynamadim va imkoniyatlardan unumli foydalana olmadim. Men yaxshiroq o‘ynashim kerak.
Men bundan ham kuchli o‘ynashim kerakligini tushunib turibman. Yangi darajaga chiqishim kerak. Chunki hozirgi o‘yinlarim g‘alaba qozonish uchun yetarli bo‘layotgani yo‘q
“, – dedi Erling Xoland.
Norvegiyalik hujumchi Angliya Premer-ligasining so‘nggi oltita uchrashuvida atigi bitta gol urdi xolos. Jami bu mavsum 24 ta uchrashuvda 18 ta to‘p kiritgan.