in

Bojxonadan qariyb 1,5 mln rublni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Farhod” chegara bojxona posti orqali naqd xorijiy valyutalarni olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh qilindi. Bu haqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan yo‘lovchi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida fuqaro egnidagi kurtkasini cho‘ntaklaridan og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan 1 mln 350 ming Rossiya rubli naqd xorijiy valyutasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.