“O‘zgidromet” 21 dekabr, shanba kuni uchun
ob-havo
prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Toshkent shahrida
havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida
havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida
havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida
havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduz 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida
havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduz 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida
havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduz 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida
havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.