in

Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Otabek Bakirov ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi fuqaro Otabek Bakirovning ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Jamoatchilik faoliga nisbatan O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ariza bergan, vazir uni haqorat va obro‘sizlantirishda ayblagan edi.

Bakirovning ma’lum qilishicha, IIBB qaroriga, xususan, AOKAning vazir bergan arizada ko‘rsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegishli ekspertiza xulosasi va shikoyatga sabab bo‘lgan post yozilganiga 1,5 yildan ko‘p vaqt o‘tgani asos qilib ko‘rsatilgan.

Ichki ishlar organlariga mazkur ish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv va harakatlar uchun fuqaroviy tashakkur bildiraman

”, – deya qayd etdi Otabek Bakirov.

Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi rahbarining shikoyatiga Bakirovning 2023 yil yozida o‘z kanalida e’lon qilgan posti sabab bo‘lgan. Postda Toshken shahri Sag‘bon podstansiyasidagi seriyali avariyalar va ta’mirlash ishlari haqida so‘z boradi.

Otabek Bakirov bu arizani “ahvoli tobora og‘irlashayotgan energetikadagi muammolarni yechish o‘rniga, tanqidni to‘xtatishga, yopiqlik muhitini yaratishga va kuchaytirishga urinish” deb baholagan edi.