in

Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?

Joriy yilda dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy natijalarda katta farqlar kuzatildi. Global iqtisodiyot 3,2 foizga o‘sdi, bunda inflyatsiyaning nisbatan pasayishi va iste’molchilarning faol xarajatlari muhim omil bo‘ldi, deb

yozadi

The Economist.

Nashrga ko‘ra, bu yil eng yaxshi iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishgan mamlakat – Ispaniya. Qirollik sanoati barqaror o‘syapti, immigratsiyaning o‘sishi iqtisodiy faollikni oshirmoqda. Yil yakuni bo‘yicha YAIM o‘sishi 3,1 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

Ispaniyadan keyingi o‘rinlarni Irlandiya, Daniya, Gretsiya va Italiya egalladi. Bu mamlakatlar yaqin o‘tmishdagi iqtisodiy qiyinchiliklarni yengib, barqaror rivojlanishni namoyish qilmoqda. Masalan, Gretsiyada ishsizlik darajasi 10 yillikdagi eng past ko‘rsatkichga tushdi.

Boshqa tomondan, Germaniya va Buyuk Britaniya kabi katta iqtisodiyotlar yuqori energiya narxlari va sanoatdagi sekin o‘sishdan aziyat chekdi. Yevropa mamlakatlaridan Latviya va Estoniyaning bu yilgi iqtisodiy ko‘rsatkichlari qoniqarsiz bo‘ldi.

The Economist’ning qayd etishicha, AQSH fond bozori inflyatsiyani chegirib tashlaganda 24 foizlik daromad ko‘rsatgani katta e’tiborga loyiq. Finlandiyada esa, aksincha, fond bozori uchun omadsiz yil bo‘ldi.

Inflyatsiya darajasi bo‘yicha Fransiya va Shveysariyaning muvaffaqiyatini alohida e’tirof etish mumkin: bu mamlakatlarda yil davomida narx-navo o‘sishi 2 foizdan oshgani yo‘q.

Fiskal intizom bo‘yicha Daniya va Irlandiya budjet profitsitiga erishgan bo‘lsa, Britaniya va Yaponiya hukumat xarajatlarining ortishi sababli ko‘proq qarz olishga majbur bo‘ldi.

Mavzuga oid yangiliklar