in

"Persepolis" klubi Oston O‘runovni olib qolish uchun millionlarni sarflashga tayyor

Eronning “Persepolis” klubi O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runovga shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif

yubordi

. Klub biroz avval ham vakilimizga yangi kelishuv taklif qilgandi.

O‘z navbatida O‘runov agenti bilan kelishish kerakligini aytgan. “Qizillar” o‘tgan mavsum Ero Pro ligasida chempionlikni qo‘lga kiritdi va hamyurtimiz bir qancha o‘yinlarda jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shgandi. Fors manbalarining ta’kidlashicha, “Persepolis” O‘runovni olib qolish uchun ikki million dollar sarflashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, 19 dekabrda 24 yoshga to‘ladigan legionerimizning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.