Superligada qolish uchun o‘tkazilgan “Olimpik” – “Metallurg” (1:2) jamoalari o‘rtasidagi pley-off o‘yinidan so‘ng “Olimpik” ustozi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Birinchi bo‘limda o‘yinimiz chiqmadi, ikkinchi bo‘limda agressivroq harakat qildik, birinchi taymdagiga qaraganda o‘yinimiz yaxshiroq chiqdi. Lekin baribir hisobni tenglashtira olmadik.
Ilk navbatda murabbiylar shtabiga, yigitlarga rahmat aytaman. Ular jamoani Superligada saqlab qolish uchun qo‘llaridan kelganicha harakat qilishdi. Afsuski bu bizga yetarli bo‘lmadi. Yigitlarga bajarilgan ish uchun rahmat aytaman, bu oson bo‘lgani yo‘q. O‘yin oxirida biroz kuchimiz yetmadi. Albatta barchasini ertaroq hal qilib olishimiz mumkin edi. Lekin…
– Bir necha tur oldin ham “Olimpik” pro ligaga tushib ketish uchun asosiy da’vogar emasdi. Boshqa jamoalarga nisbatan imkoniyatlar yaxshiroq edi.
– Bu haqida aytib o‘tdim. Menimcha, bizga kuch yetmadi. Yigitlar barcha o‘yinda harakat qilishdi, kurashishdi. Oxirida ruhiy va jismoniy tomonlama kuchimiz yetmadi. 2-3 ochko bizga yetardi. Bunga kuchimiz yetmadi. Shuningdek tarkibda rotatsiya borasida ham muammolar bo‘ldi. Oxiriga kelib bizda kasal bo‘lganlar, jarohatlar, qizil kartochkalar ko‘payib ketdi…
– Oxirgi o‘yinlarda “Olimpik”ga nisbatan adolatsiz hakamliklar bo‘lgandek ko‘rindi. Xuddi jamoani atayin Pro ligaga tushirib yuborishga harakat qilinganidek. Bu haqida nima deya olasiz?
– Men bunga ishonmayman, ishonmoqchi ham emasman. So‘nggi o‘yinlardagi hakamlik borasida gapirsam, menda savollar paydo bo‘ldi. Bu haqida gapirmagandim, barchasini ichimda qoldirgandim. “Sho‘rtan” bilan o‘yinda hakam ikkita penalti belgilamadi. Chempionat o‘yinlarida esa “Bunyodkor” bilan o‘yinda hakam raqib futbolchisini chetlatmay, qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Takroriy vaziyatni ko‘rib, bunday harakatdan so‘ng futbolchimiz umuman futbolchilik faoliyatini yakunlashi ham mumkinligiga amin bo‘ldim. Shunchaki mo‘jiza tufayli, u sog‘-salomat qoldi.
– “Olimpik”ning kelajagi haqida nima deya olasiz? Agar jamoa Superligadan tushib ketsa, jamoa yopilishi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgandi.
– Bizda Superligada qolish vazifasi bor edi. Boshqacha holatlar haqida menga hech kim gapirmadi.
– “Olimpik”ga Superligada qolish uchun yetishmagan uchta narsani ayta olasizmi?
– Birinchi navbatda, menimcha zaxira o‘rindig‘ining torligi. Ruhiy bosim va mavsum oxiridagi jismoniy charchoq.
– Buni faoliyatingizdagi eng alamli va og‘ir mavsum desak bo‘ladimi?
– Hozircha ha. Chunki men Superligada ishlayotganimga ko‘p bo‘lmadi. Mavsum og‘ir va bosim ostida o‘tdi. Men ruhiy va jismoniy charchoqni his qildim.
Ctrl