in

“Kalmar o‘yini” koreys serialini 330 milliondan ortiq kishi tomosha qildi

2021 yilda premerasi bo‘lib o‘tganidan so‘ng kino tarixidagi global hodisalardan biriga aylangan Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” seriali rekordlarni yangilashda davom

etmoqda

.

Variety ma’lumotlariga ko‘ra, serialning birinchi mavsumi Netflix platformasida 330 milliondan ortiq tomoshabinni jalb qilgan va 2,8 milliard soatdan ortiq tomosha qilingan.

Ikkinchi mavsum treyleri e’lon qilingach, serialga bo‘lgan qiziqish keskin ortdi va so‘nggi bir hafta ichida birinchi mavsumni ko‘rishlar soni 60 foizga oshdi. Striming platformasi “Kalmar o‘yini”ning keyingi qismini yilning eng kutilgan loyihasi deb atadi.

Ikkinchi mavsum premerasi joriy yil 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda serialning birinchi qismidagi o‘yinda g‘olib bo‘lgan bosh qahramon — 456-raqamli ishtirokchi Son Ki Xun ishtirok etadi. U beshafqat o‘yinlar tashkilotchisidan o‘ch olish hamda halokatlarga olib keluvchi dahshatli voqealarni to‘xtatish maqsadida Kalmar o‘yiniga qaytadi.

“Kalmar o‘yini”ning keyingi qismi birinchi mavsumdan mashhurlikda o‘zib ketishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Kalmar o‘yini”da katta pul mukofoti va’da qilingan o‘yinda omon qolish uchun shafqatsiz sinovlarda qatnashishga majbur bo‘lgan va qarzga botgan bir guruh odamlar haqida hikoya qiladi. Serial ishtirokchilarni bolalar o‘yini asosida tuzilgan bir nechta halokatli o‘yinlarda ishtirok etadi. Har bir mag‘lubiyat o‘limni anglatadi.

Калмар ўйини

,

Корейс сериали

,

Жанубий Корея

Mavzuga oid yangiliklar