in

Yurak salomatligi uchun zamonaviy diagnostika: mobil angiograf xizmati joylarda

🏥Milliy Tibbiyot Markazi direktori Maqsud Saidov boshchiligida markaz shifokorlari tomonidan yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash va davolashda mobil angiograf xizmatidan keng foydalanilmoqda.

▶️Ushbu xizmat Respublikamizning turli hududlarida aholi sog‘lig‘ini yaxshilashga qaratilgan samarali tashabbusdir.

Jarayonlarda tashxislash, koronar angiografiya orqali yurak tomirlaridagi torayish yoki to‘siqlarni aniqlash, mobil angiograf yordamida joyida aniq tashxis qo‘yish imkoniyati, davolash, stentlash, xususan, yurak arteriyalariga stentlar o‘rnatib, qon oqimini tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

❗️Xususan, Buxoro viloyatining Peshku tumanida 1500 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 500 nafar fuqaro esa mobil angiograf orqali tekshiruvdan o‘tdilar.

✔️Namangan viloyati, Uychi tumanida jami 547 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lsa, ulardan 363 nafariga koronarografik tekshiruv o‘tkazilgan.

🫀Bu yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlash va davolashda samarali qadam hisoblanadi.

👉Hozirda mobil angiograf Buxoro viloyati Qorako‘l tumani va Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash va davolash maqsadida faoliyat ko‘rsatmoqda.

✅Bu xizmat aholiga tibbiy yordamni yanada qulay va tezkor yetkazishga imkon bermoqda.

Mobil angiografning aholiga taqdim etadigan asosiy qulayliklari:

🔺 Hududiy yaqinlik

Tuman va shahar darajasida xizmat ko‘rsatib, bemorlarga viloyat yoki respublika markazlariga borish zaruriyatini yo‘q qiladi. Bu, ayniqsa, uzoq hududlarda yashovchi aholi uchun qulay.

🔺Tezkor tashxislash

Yurak-qon tomir kasalliklarini joyida aniqlash imkoniyati mavjud. Bu esa kasallikning erta bosqichida aniqlanishiga yordam beradi va kechikishlarning oldini oladi.

🔺Ko‘p funksionallik

Faqat tashxislash emas, balki joyida stent qo‘yish, angioplastika va zarurat bo‘lsa, shoshilinch davolash ishlari ham amalga oshiriladi.

🔺 Vaqtni tejash

Kasalxonaga borish, ro‘yxatdan o‘tish va kutish vaqtlarini qisqartiradi. Tekshiruvlar va dastlabki davolash ishlari bir joyda amalga oshiriladi.

🔺Murakkab jarayonlarni oddiylashtirish

Markaziy klinikada qilinishi kerak bo‘lgan murakkab tekshiruvlarni o‘sha hududning o‘zida amalga oshiradi, bu esa jarayonni bemor uchun osonlashtiradi.

🔺Xodimlarning malakasi

Mobil angiograf xizmatlarini Milliy Tibbiyot Markazining yuqori darajada malakali shifokorlari olib boradi.

📌Xulosa o‘rnida aytish joizki, Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan mobil angiograf bugungi kunga qadar Respublikaning 10 dan ortiq tuman va shaharlarida bo‘lib, 5 ming nafardan ko‘p fuqarolar koronar angiografiya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan.

🩺Ushbu loyiha tibbiy xizmatni aholi uchun qulayroq va kengroq doirada tashkil etishda muhim rol o‘ynamoqda.

Mavzuga oid yangiliklar