in

Amazon video va suratlarni qayta ishlashga qodir sun’iy intellekt modelini taqdim etadi

Amazon matn, surat va video bilan ishlashga qodir o‘zining generativ sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqdi, deb

xabar beradi

The Information.

Qayd etilishicha, ushbu yangilik kompaniyaga Anthropic startapi mahsulotlariga bo‘lgan bog‘liqligini kamaytirishga xizmat qiladi. Anthropic’ning Claude chatboti Amazon Web Services platformasida ancha mashhur ilova hisoblanadi.

Olympus kodli nomi ostidagi yangi katta til modeli suratlar va videodagi obyektlarni tanishga qodir, masalan, u matnli so‘rov bo‘yicha basketbol o‘yini videosidagi kerakli lahzani topishga yordam beradi.

Bundan oldin Amazon OpenAI’ning asosiy raqobatchisi bo‘lgan Anthropic kompaniyasiga yana 4 milliard dollar sarmoya kiritishi ma’lum bo‘lgandi. Sentyabr oyida Amazon ushbu startapga sarmoya yo‘naltirdi va generativ sun’iy intellekt texnologiyasi ortidan pul ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Olympus bulutli platformalar mijozlari uchun keyingi hafta o‘tkaziladigan AWS re:Invent konferensiyasida taqdim etilishi mumkin.

«

Amazon o‘z xatti-harakatlari orqali Google, Microsoft va OpenAI generativ sun’iy intellekt sohasida shubhasiz yetakchi degan fikrga barham bermoqchi

», — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid yangiliklar