in

O‘zbekistonda sentyabr oyida avtomobil savdosi pasaydi, elektromobil sotish esa rekord darajada

Yangi yengil avtomobillar segmenti 10 foizdan yuqori bo‘lgan. Shu bilan birga, elektromobillar savdosi rekord darajaga yetib, 2,4 barobar oshdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston avtomobil bozorining sentyabr oyidagi holatini tahlili natijalarini esa taqdim etdi.

Aytilishicha, sentyabr oyida O‘zbekistonda avtotransport vositalarining umumiy savdosi 110 ming donani tashkil etgan, bu o‘tgan oyga nisbatan 1,1 foizga kam. Faollikning sezilarli pasayishi yillik hisobda 25,5 foiz kuzatilmoqda.

Yengil avtomobillar

Sentyabr oyida yengil avtomobillar savdosi 0,3 foizga pasaygan va 102 ming donani tashkil etgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan sezilarli pasayishni ko‘rsatmoqda: yengil avtomobillar savdosi 25,5 foizga kamaygan.

Hududlar bo‘yicha yengil avtomobillar savdosi shuni ko‘rsatadiki, sentyabr oyida eng katta pasayish:

– Andijon viloyatida 9,1 foiz;

– Qashqadaryo viloyatida 7,9 foiz;

– Toshkent viloyatida 7,7 foiz qayd etilgan.

Birlamchi avtomobil bozori

Yengil avtomobillar birlamchi bozorida sotuvlar o‘tgan oyga nisbatan 10,3 foizga oshgan, bu avvalgi oyga nisbatan qariyb 3,8 mingta avtomobilni tashkil etadi. Yillik ko‘rsatkichlarda faollik barqarorlashmoqda, avgust oyida savdoning pasayishi 1 foiz darajasida bo‘lsa, sentyabr oyida 7,7 foiz o‘sish kuzatilgan.

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi o‘sishda davom etmoqda. Sentyabr oyida sotuvlar 10,8 foizga o‘sib, 37,6 mingta avtomobilni tashkil etdi. Yillik hisobda o‘sish 12 foizni tashkil yetdi.

Xorijiy yengil avtomobillar

O‘zbekistonda xorijiy yengil avtomobillar bozori o‘sishda davom etdi. Avgust oyida ushbu segmentdagi savdo 25,6 foizga oshgan bo‘lsa-da, sentyabr oyida o‘sish 4,5 foizga sekinlashdi va 3,3 ming donani tashkil etdi.

Ikkilamchi bozori

Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi vaziyat sotuvlar o‘sishining sekinlashishini ko‘rsatgan va sotish hajmining yillik pasayishi tendensiyasini saqlab qolgan.

Xususan, sentyabr oyida avtomobillar ikkilamchi bozoridagi faollik o‘tgan oyga nisbatan 6,3 foizga kamaygan. Hisobot davrida ushbu segmentda 60,5 mingta avtomobil sotilgan. Umuman olganda, yil davomida sotuvlar 38,4 foizga kamaygan.

Elektromobillar

Sotish hajmi rekord darajada 2,4 baravar oshgan, bu butun kuzatuv davridagi eng katta o‘sishdir. Sentyabr oyida 4,24 mingta elektromobillar sotilgan, avgust oyida esa 1,7 ming dona sotilgan.

Hududlar bo‘yicha savdolarning eng katta o‘sishi:

– Toshkent shahrida 3 ming 180 dona;

– Toshkent viloyatida 285 dona;

– Andijon viloyatida 119 dona qayd etilgan;

– Yillik o‘lchovda elektr transport vositalarining savdosi deyarli 17 foizga oshgan.

Shu yilning III choragida yengil elektr transport vositalarini sotish 9,3 mingtani tashkil etgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,6 foizga kam.

O‘zbekiston

,

Sentyabr oyi

,

Avtomobil savdosi

,

Elektromobil sotish

,

Rekord daraja