in

Adenoidlarni vaqtida davolash kerak: miya “tormozlanadi” va yuz tuzilishi o‘zgaradi

Burun-halqum qismida joylashgan bezlarning kattalashuvi adenoid deyiladi va burun oqishi, bitishi, tunda doimiy xurrak otish, eshitish qobiliyatining susayishi kabi belgilar bilan tavsiflanadi. Ushbu kasallik sog‘liq va kundalik hayot sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Adenoidlar nimasi bilan xavfli va uning davolash choralari qanday? Quyida ana shu savollarga javob

topamiz

.

Adenoidlar burun-halqum to‘qimalarining hamda bodomsimon bezning patologik kengayishidir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kasallik ko‘pincha 3-7 yoshli bolalarda uchraydi. Ammo adenoidlar katta yoshli insonlarda ham uchrashi, jarrohlik aralashuvni talab qilishi mumkin.

Adenoidlarning belgilari

Yallig‘lanish jarayonlari tufayli adenoidlar kengayadi, bu esa o‘z navbatida burun orqali nafas olish yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Natijada qator muammolar yuzaga keladi:

Doimiy burun bitishi

. Ayniqsa uyqu vaqtida nafas olish qiyinlashadi va bemor og‘izdan nafas oladi;

Xurrak otish

. Uyqu paytida nafas yo‘llarining yopilishi tufayli bemor xurrak otadi va hatto bir necha bor nafas olishdan to‘xtab qoladi;

Infeksiyalarga tez-tez chalinish

. Kattalashgan adenoidlar shamollashlar, quloq infeksiyalari va sinusitning uzoq vaqt davom etishiga sabab bo‘ladi;

Ovozdagi o‘zgarishlar

. Noto‘g‘ri nafas olish tufayli nutqda buzilishlar paydo bo‘ladi (harflar noto‘g‘ri talaffuz qilinadi) va ovoz o‘zgaradi;

Yutinish bilan bog‘liq muammolar

. Kengaygan limfa to‘qimalari erkin yutinishga to‘sqinlik qiladi va ovqatlanish jarayonini murakkablashtiradi;

Uyquning yetishmasligi va kuchli charchoq

. Uyqu paytida nafas qisilishi va nafas olishdan vaqtinchalik to‘xtab qolish holatlari yuzaga keladi. Bu esa uyqu sifatini buzadi hamda kun davomida charchoqning kuchayishiga olib keladi.

Adenoidlar nima sababdan yallig‘lanadi?

Adenoidlar organizmda muhim vazifani bajaradi, jumladan, ular og‘iz bo‘shlig‘ini turli bakteriyalar, viruslar va boshqa patogen organizmlardan himoya qiladi. Ularning yordamida immunitet hosil bo‘ladi.

Adenoid yallig‘lanishining sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

– zaiflashgan immunitet;

– tez-tez shamollash;

– endokrin tizimning buzilishi hamda buyrak usti bezlari yetishmovchiligi;

– biror dori-darmonga yoki oziq-ovqatga allergik reaksiya;

– gipovitaminoz;

– irsiy moyillik.

Adenoidlar nimasi bilan xavfli?

O‘z vaqtida davolash choralari ko‘rilmasa, adenoidlar tufayli yuz shakli, tishlam (prikus), qon tarkibi o‘zgarishi, umurtqa pog‘onasi qiyshayishi, nutq buzilishi, buyraklar ishi izdan chiqishi, hatto siydik tutolmaslik holatlari kelib chiqishi mumkin.shu sababli ham adenoidlar immun tizimining o‘ziga nuqtasi hisoblanadi.

Ushbu patologiyaning eng muhim va xavfli oqibatlari orasida quyidagi holatlar ham mavjud:

Yuz deformatsiyasi

. Bolalarda kasalliklar uzoq davom etganda yuz skeletining rivojlanishida beso‘naqay buzilishlarga olib keladi. Doimo osilib turadigan pastki jag‘ tor va cho‘zinchoq bo‘lib qoladi, yuqori jag‘da esa qattiq tanglay noto‘g‘ri rivojlanadi. U baland va tor bo‘lib shakllanadi, tishlaring noto‘g‘ri joylashishi tufayli prikus buziladi.

Kislorod tanqisligi

. Burundan nafas olish yo‘li to‘sib qo‘yilganligi va og‘iz orqali tanaga kerakli miqdorda kislorod yetib bormasligi bemorda kislorod yetishmasligi kuzatiladi. Natijada bosh miya va muhim organlar hujayralari faoliyati salbiylashadi, charchoq va befarqlik paydo bo‘ladi.

Nafas olish muammolari xavfi

. Doimiy surunkali yallig‘lanish LOR a’zolariga katta zarar yetkazadi, natijada laringit, faringit va boshqa kasalliklar kelib chiqadi.

Eshitish qobiliyatining buzilishi

. Bodomsimon bez kattalashganda, u eshitish naychasini siqib chiqara boshlaydi, bu esa o‘rta quloqqa havo olishda qiyinchilik tug‘diradi. Bu esa eshitish sezgilariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yuqorida keltirib o‘tilgan adenoid kasalligining belgilarining barchasi juda qo‘rqinchli bo‘lsa-da, kasallik o‘z vaqtida davolansa, bemor tez orada tuzaladi. Ammo davolanish mutaxassis tomonidan olib borilishi va doimiy shifokor nazorati ostida bo‘lishi lozim. Shuningdek, adenoidni xalqona usullari bilan tuzatishga urinmaslik kerak.

Mavzuga oid yangiliklar