Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslarining para yengil atletika sport turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda.
Para-yengil atletikaning F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zosi Bobur Omonov ikkinchi urinishda 14,32 metr natija qayd etib Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatgan edi.
Uning eng yaqin ta’qibchisi germaniyalik Kappel 13,74 metr natija qayd etdi. Shu tariqa o‘zbekistonlik sportchi ikkinchi bor Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Bobur Omonov Tokio Olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan.
2022 yili Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan IV Paraosiyo o‘yinlarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 14 taga yetdi (6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza).